USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Rossiya Ukrainaga bir keçada 170 ta dron bilan hujum qildi

67 марта
Россия Украинага бир кечада 170 та дрон билан ҳужум қилди

Rossiya 27 sentyabrga ötar keçasi Ukrainaga 170 ta dron bilan hujum qildi. Bu haqda Ukraina Qurolli Kuçlari Havo qöşinlari Telegram-kanalida xabar berildi.

 

Qayd etilişiça, hujum keça, 26-sentyabr kuni soat 18:00 dan boşlangan. Rossiya tomonidan uçirilgan dronlarning 76 tasi reaktiv dvigatelli Şahed rusumidagi uçuvçisiz uçiş apparatlari bölgan. Şuningdek, Gerbera dronlari va Parodiya rusumidagi çalğituvçi dronlardan foydalanilgan.

Mahalliy hokimiyat vakillari malumotlariga köra, hujum oqibatida kamida 14 kişi halok bölgan, yana 57 kişi jarohatlangan.

Dronlar Rossiyaning Oryol, Kursk, Primorsko-Axtarsk va Şatalovo hududlaridan, şuningdek, Rossiya bosib olgan Donetsk hamda Qrimdagi Gvardeyskoye hududidan uçirilgan.

Havo hujumini qaytarişda Ukraina mudofaa kuçlarining harbiy aviatsiyasi, zenit-raketa bölinmalari, radioelektron kuraş bölinmalari, uçuvçisiz tizimlar bölinmalari va mobil öt oçiş guruhlari iştirok etgan.

Bugun, 27 sentyabr kuni soat 07:30 holatiga köra, 147 ta dron urib tuşirilgan yoki radioelektron kuraş vositalari orqali zararsizlantirilgan. Urib tuşirilgan apparatlar qoldiqlari esa yana sakkizta joyga tuşgan.

Eslatib ötamiz, avvalroq Rossiya dronlari Kiyev viloyatining Vişgorod tumanidagi 2-sonli Ivankov litseyiga va Kiyevning Obolon tumanidagi bolalar boğçasiga zarba bergan edi.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: