Serbiya Prezidenti Vuçiç istefoga çiqdi
Serbiya Prezidenti Aleksandr Vuçiç ikkinçi va sönggi beş yillik prezidentlik muddati tugaşiga yetti oy qolganida istefoga çiqdi, bu esa mamlakatda muddatidan oldin prezidentlik saylovlarini ötkazişga yöl oçdi. Bu haqda “Reuters” xabar berdi.
Vuçiçning istefosi joriy iyl 25 oktyabrga belgilangan muddatidan oldingi parlament saylovlari kampaniyasi davriga töğri keldi. Uning istefoga çiqişi, agar uning Serbiya Taraqqiyot partiyasi (SNS) yangi hukumatni şakllantirsa, Vuçiçga boş vazir lavozimiga tayinlaniş imkonini beradi.
Qayd etilişiça, keça, 27 sentyabr kuni Belgrad markazidagi Prezident qarorgohi oldida yuzlab Vuçiç tarafdorlari uni qöllab-quvvatlab, olqişlagan.
“Bu binoda men uçun bu yerdagi sönggi oqşom”, degan Vuçiç istefosini rasman topşirişidan bir neça daqiqa oldin bayroq kötargan tarafdorlariga.
“Men sizlarga va vatanim Serbiyaga sidqidildan xizmat qildim. Birgalikda amalga oşirgan işlarimizdan faxrlanaman”, degan u.
Serbiya Konstitutsiyasiga köra, parlamentning amaldagi spikeri Ana Brnabiç yangi prezident saylanguniga qadar davlat rahbari vazifasini vaqtinça bajaradi. Prezidentlik saylovlari 90 kun içida yakunlanişi, saylov kampaniyasi esa 30 kundan 60 kungaça davom etişi kerak.
Vuçiç, şuningdek, prezidentlik saylovining birinçi turi dekabr oxiriga qadar ötkazilişini aytgan.
Kelasi oydagi muddatidan oldingi parlament saylovlarida Vuçiçning SNS partiyasi va uning ittifoqçilari korruptsiyaga qarşi talablar bilan çiqqan “Talabalar ğalaba qozonadi” harakati hamda ğarbparast muxolifat partiyalari birlaşgan “Evropa Serbiyasi” ittifoqiga qarşi raqobat qiladi. Hozirça uşbu kuçlar va boşqa partiyalar prezidentlik saylovida öz nomzodlarini elon qilmagan.
56 yoşli Vuçiç ön yildan ortiq vaqt davomida Serbiya siyosatining asosiy figuralaridan biri bölib kelgan. U 2017 yilda asosan marosimiy hisoblangan prezidentlik lavozimiga ötgan, ammo partiyasi va hukumat ustidan nazoratini saqlab qolgan.
Taşqi siyosatda Vuçiç Xitoy va Rossiya bilan yaqin aloqalarni saqlaş bilan birga, Serbiyaning Yevropa Ittifoqiga qöşiliş böyiça uzoq muddatli maqsadini ham ilgari surib kelgan. Şuningdek, u AQŞ va Isroil bilan munosabatlarni mustahkamlaşga harakat qilgan.
Vuçiç prezidentligi davridagi eng katta inqirozlardan biri 2024 yil noyabrida Novi-Sad şahrida rekonstruktsiya qilingan temiryöl vokzali tomi qulab, 16 kişi halok bölganidan keyin boşlangan. Hodisa talabalar va muxolifatning keng kölamli namoyişlariga sabab bölib, ular masullarni javobgarlikka tortiş, davlat xaridlarida şaffoflik, tizimli korruptsiyaga barham beriş va muddatidan oldin parlament saylovlarini ötkazişni talab qilgan.
Hukumat namoyişçilarning ayblovlarini bir neça bor rad etgan. Şunga qaramay, voqea ortidan bir qator amaldorlar, jumladan ikki vazir hibsga olingan yoki istefoga çiqqan.
Vuçiç istefoga çiqişidan oldin namoyişlar bilan boğliq hodisalar tufayli hibsga olingan yoki sud qilingan 49 kişiga amnistiya va avf berganini ham malum qildi. Ular orasida 12 nafar faol va Vuçiçning 11 nafar tarafdori bor.
Eslatib ötamiz, Vuçiç avvalroq prezidentlikdan istefoga çiqişini va Serbiyada muddatidan oldin parlament hamda prezidentlik saylovlari ötkazilişini aytgan edi.