Suv balosi: Hindiston va Nepaldagi toşqinlarda yuzga yaqin odam halok böldi
Hindiston va Nepalda kuçli yomğir sababli yuzaga kelgan suv toşqinlari va köçkilar oqibatida kamida 70 kişi halok böldi. Hindistonda 56 kişi vafot etgan bölsa, Nepalda 14 kişi halok böldi, yana 11 kişi bedarak yöqoldi. Bu haqda “Reuters” xabar berdi.
Qayd etilişiça, Hindistonning Uttar-Pradeş ştatida joriy yilning 25–27 sentyabr kunlari 66,5 millimetr yoğingarçilik qayd etilgan. Bu körsatkiç odatdagi 7,6 millimetrdan qariyb 9 barobar köp. Tabiiy ofatlar oqibatida Hindistonda yana 46 kişi jarohatlangan va mingdan ortiq uy zarar körgan.
Nepalda esa mamlakatdagi 77 tumanning 49 tasida sel keliş xavfi elon qilingan. Yirik daryolar va ularning irmoqlarida suv sathi kötarilayotgani tufayli hududlarning yarmidan köpi suv toşqini xavfi ostida qolgan.
Suv toşqinlari Nepalning ayrim hududlarida elektr va aloqa taminotiga ham zarar yetkazgan. Rahuganga daryosidagi suv toşqini 40 megavatt quvvatga ega gidroelektr loyihasi inşootlari va elektr uzatiş liniyalariga zarar yetkazgan.
Bundan taşqari, Nepalning Manang tumanida Himlung Himal toği etagidagi lager qor köçkisi ostida qolişi oqibatida 10 nafar mahalliy işçi bedarak yöqolgan. Ular xorijlik alpinistlar uçun çodirlar örnatayotgan bölgan.
Eslatib ötamiz, avvalroq Vetnamning şimoliy va markaziy hududlarida yuz bergan kuçli yomğir, suv toşqinlari va köçkilar oqibatida kamida 4 kişi halok bölib, 16 mingdan ortiq uy suv ostida qolgan edi.