AQŞ Iroqdagi siyosiy va harbiy bazalarni topşirdi
AQŞ boşçiligidagi xalqaro koalitsiya özi foydalanib kelgan mamlakatdagi siyosiy va harbiy bazalar hamda ştablarning barçasini Iroq hukumatiga topşirdi. Bu haqda “Al Jazeera” telekanaliga Iroq Xavfsizlik axborot xizmati rahbari general-leytenant Saad Maan malum qildi.
Uning sözlariga köra, joriy yil 30 sentyabrdan keyin Iroqda koalitsiyaning heç qanday jangovar yoki öquv bölinmalari qolmaydi. Iroq kuçlari mamlakat xavfsizligini mustaqil ravişda taminlaşga tayyor. Missiya yakunlangaç, Iroqning koalitsiyada iştirok etuvçi davlatlar bilan munosabatlari ikki tomonlama darajaga ötadi.
Amerika tomoni qolgan barça obektlar topşirilganini hozirça tasdiqlagani yöq. Şu bilan birga, Pentagon iyul oyida Iroqdagi “Operation Inherent Resolve” (“Zavolga yuz tutmas qatiyat” operatsiyasi) missiyasi 2026 yil 30 sentyabrga qadar yakunlanişi kerakligini elon qilgan. Pentagon rahbari Pit Hegset öşanda Vaşington Bağdod bilan kelişilgan jadvalni töliq bajariş niyatida ekanini aytgan.
Qöşinlarni olib çiqiş bir neça bosqiçda keçgan. Yana yanvar oyida Iroq komissiyasi koalitsiya maslahatçilari federal hukumat nazorati ostidagi hududlardagi barça bazalar va qömondonlik ştablarini, jumladan, Ayn al-Asad aviabazasini tark etganini xabar qilgan. Şundan söng, koalitsiya kuçlari Iroq Kurdistonidagi Erbil aviabazasida qolişni davom ettirdi va u yerdan Suriyadagi IŞIDga qarşi operatsiyalarni qöllab-quvvatlab turdi.
AQŞ va Iroq 2024 yilning sentyabr oyida missiyani ikki bosqiçda yakunlaşga kelişib olgan edi. Dastlab bevosita Iroqdagi harbiy missiyani 2025 yilning sentyabrigaça yakunlaş rejalaştirilgan edi, ammo Suriyadagi IŞIDga qarşi operatsiyalarni qöllab-quvvatlaş uçun mamlakat hududidan foydalaniş 2026 yilning sentyabrigaça közda tutilgan edi. Joriy yilning iyul oyida Vaşington va Bağdod 30 sentyabr sanasini Iroqdagi “Operation Inherent Resolve” missiyasining uzil-kesil yakunlaniş kuni sifatida tasdiqladi.
Malumot uçun, operatsiya 2014 yilning avgustida IŞID tomonidan Iroq va Suriyaning salmoqli hududlari egallab olinganidan keyin boşlangan. AQŞ va ularning ittifoqçilari guruh pozitsiyalariga aviazarbalar berdi va Iroq kuçlarini öqitdi. Iroqdagi IŞIDning hududiy “xalifaligi” 2017 yilning oxiriga kelib tugatildi, ammo xalqaro koalitsiya guruhning qolgan yaçeykalariga qarşi operatsiyalarni davom ettirdi.
Eslatib ötamiz, avvalroq AQŞ qöşinlarni olib çiqişdan oldin Iroq şimolidagi öz havo hujumidan mudofaa (HHM) tizimlarini demontaj qilişni boşlagani haqida xabar berilgan edi.