USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

AQŞ Iroq Kurdistonidagi harbiy texnikalarini yiğiştirişni boşladi

75 марта
АҚШ Ироқ Курдистонидаги ҳарбий техникаларини йиғиштиришни бошлади

AQŞ qöşinlarni olib çiqişdan oldin Iroq şimolidagi öz havo hujumidan mudofaa (HHM) tizimlarini demontaj qilişni boşladi. Iroq Kurdistonida joylaştirilgan amerikalik harbiylar texnikani yiğiştirişga kirişdi. Bu haqda “Al Hadath” telekanali xabar berdi.

Qayd etilişiça, Qöşma Ştatlar kuçlari “şimolda joylaşgan avtonom mintaqadan oğir harbiy texnikani olib çiqişni boşlagan”, şuningdek, “xalqaro koalitsiya har kuni Iroq hududidan taşqariga kamida bitta harbiy texnika kolonnasini olib çiqib ketmoqda”.

Eslatib ötamiz, joriy yilning yanvar oyi oxirida AQŞ boşçiligidagi xalqaro koalitsiya Iroq Kurdistonidan taşqari Iroq hududidagi bazalardan barça bölinmalar va harbiy maslahatçilarni olib çiqib ketgani elon qilingan edi. 9 iyul kuni Iroq Boş vaziri Ali az-Zeydi xalqaro koalitsiya kontingenti mamlakat hududidagi öz vazifalarini bajarişni 30 sentyabrda yakunlaşini malum qildi. Iyul örtalarida Amerika Prezidenti Donald Tramp Vaşingtonda Ali az-Zeydi bilan uçraşuvda “AQŞ qöşinlarining Iroqda joylaştirilişi endi talab etilmasligini” bildirgan edi. Endi AQŞ harbiylari va xalqaro koalitsiya kuçlari joriy yilning 30 sentyabrida Iroq hududini butunlay tark etişi kerak.

Amerika kuçlari ilk bor Iroqqa 2003 yilda Saddam Husaynni ağdariş uçun kirgan, 2011 yilda mamlakatni tark etgan va söng uç yil ötib, Bağdodning iltimosiga binoan davlatning katta qismini egallab olgan “Islom davlati” guruhiga qarşi kuraşiş uçun qaytib kelgan edi. Terrorçilar tarmoği yakkalangan yaçeykalargaça qisqarganidan keyin Vaşington va Bağdod missiyani yakunlaşga kelişib oldi. Kurdlar nazoratidagi şimoldan taşqari bazalarning aksariyati ötgan yili böşatilgan.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: