Istanbul aeroportida Eron samolyoti hibsga olindi
Keça, 28 sentyabr kuni Istanbul aeroportida Eronning “Caspian Airlines” aviakompaniyasiga tegişli yölovçi samolyoti hibsga olindi. Bunga Turkiya kompaniyasining 3 million yevro miqdoridagi qarzdorlikni undiriş böyiça bergan davo arizasi yuzasidan çiqarilgan sud qarori sabab bölgan. Bu haqda “Haber7” xabar berdi.
Turkiya OAVlari malumotlariga köra, layner uçişga hozirlanayotgan bir vaqtda EP-KPB röyxatdan ötiş raqami ostida röyxatga olingan samolyotga kreditor – “ACM Temsil Gözetim” aviatsiyada vakillik va nazorat qiliş kompaniyasi manfaatlarini himoya qiluvçi huquqşunoslar hamda sud ijroçilari yaqinlaşib, hibsga oliş töğrisidagi qarorni topşirgan. Yölovçilar va bort kuzatuvçilari samolyotdan çiqarilib, qaytadan terminalga yuborilgan.
Malumot uçun, “Caspian Airlines” – Tehronda joylaşgan, 1993 yilda taşkil etilgan va Eron davlat aviatsiya guruhi tarkibiga kiruvçi aviakompaniya. U içki va xalqaro yönalişlarda, jumladan Istanbulga qatnovlarda Boeing 737 samolyotlaridan foydalanadi.
Eron aviataşuvçilari samolyotlar, ehtiyot qismlar, texnik xizmat körsatiş va xalqaro moliya tizimlaridan foydalanişni çeklab qöygan AQŞ sanktsiyalari sababli ön yillar davomida öz parklariga xizmat körsatiş va xorijiy hamkorlar oldidagi moliyaviy majburiyatlarini bajarişda surunkali qiyinçiliklarga duç kelib kelmoqda.
Fevral oyida boşlangan AQŞ va Eron örtasidagi uruş bu bosimni yanada kuçaytirgan: Eron havo hududi bir neça bor yopildi, xalqaro yönalişlar qisqartirildi. Joriy yilning 22 sentyabr kuni AQŞning Eron aviatsiya sektoriga qarşi keng qamrovli ikkilamçi sanktsiyalari kuçga kirdi.
AQŞ Moliya vazirligi 8 sentyabr kuni “Economic Outcast” operatsiyasi doirasida Eronning 27 ta aviakompaniyasi va ular bilan boğliq töqqizta xizmat körsatuvçi yetkazib beruvçiga qarşi sanktsiyalar joriy etdi. Vazirlik Eron taşuvçilariga xizmat körsatişni davom ettiradigan xorijiy aeroportlar, yoqilği yetkazib beruvçilar, yerdagi xizmatlar va çipta agentliklarining özlari ham sanktsiyalarga duçor bölişi va dollar tizimidan mahrum etilişi mumkinligidan ogohlantirdi.
Uşbu ikkilamçi sanktsiyalar Eron fuqaro aviatsiyasining xalqaro faoliyati keskin qisqarişiga olib keldi: Eron aviakompaniyalarining reyslari Iroq, BAA, Ozarbayjon va Ummonda töxtatildi. Buning ortidan Eronning eng yirik xususiy taşuvçisi “Mahan Air” Turkiya va Ummonga parvozlarni töxtatdi.
“Lufthansa” va “Austrian Airlines” ham Eronga reyslarini 24 oktyabrgaça töxtatib qöydi. “Qatar Airways” havo hududidagi çeklovlarni vaj qilib, parvozlarni bekor qildi. Xitoy, Rossiya va Pokiston Erondan va Eronga reyslarni amalga oşirişni davom ettirmoqda.
Parvozlarni kuzatiş xizmatlari malumotlariga köra, Tehronning boş aeroportidagi kunlik xalqaro reyslar soni 28 sentyabr kuniga kelib 80-90 tadan taxminan 41 tagaça qisqargan. Tehron BMT, Xalqaro fuqaro aviatsiyasi taşkiloti (IKAO) va BMTning Xalqaro sudiga rasmiy şikoyatlar yuborgan.
Turkiya Eron aviakompaniyalarining parvozlarini rasman taqiqlamagan, şu sababli samolyot hibsga olingan paytda “Caspian Airlines” Istanbulga reyslarni amalga oşirişni davom ettirayotgan bölgan.
Eslatib ötamiz, avvalroq Eron qöşni davlatlar AQŞ bilan hamkorlik qilib, Eron reyslarini töxtatsa, ularning aeroportlari faoliyatini izdan çiqarişini malum qilgan edi.