AQŞ kiberxavfsizlik uçun Markaziy Osiyoga 5 mln dollar ajratdi
Vaşington Markaziy Osiyo mamlakatlarining raqamli sektori va kiberxavfsizligini rivojlantiriş uçun 5 million dollar yönaltirdi. Bu haqda bugun, 29 sentyabr kuni Ostonada ötayotgan “super intellekt” böyiça S5+1 konferentsiyasida malum böldi.
Qozoğiston poytaxtida Özbekiston, Qozoğiston, Qirğiziston, Tojikiston, Turkmaniston va AQŞ vakillari yiğilgan. Uçraşuvning asosiy mavzulari – suniy intellekt, raqamli infratuzilma, malumotlarni qayta işlaş markazlari va kibertahdidlardan himoyalanişdan iborat.
AQŞ Davlat kotibining Janubiy va Markaziy Osiyo işlari böyiça yordamçisi örinbosari vazifasini bajaruvçi Mark Kemeron Vaşington CRDF Global orqali mintaqa mamlakatlariga 5 million dollar ajratganini malum qilgan.
Mablağlar raqamli texnologiyalarni rivojlantiriş va kiberhimoyaga yönaltiriladi. Xususan, gap mutaxassislarni tayyorlaş, kiberjinoyatlarga munosabat bildirişni yaxşilaş, muhim infratuzilma va moliya sektorini himoya qiliş, şuningdek, kiberxavfsizlik sohasidagi milliy siyosatni rivojlantiriş haqida bormoqda.
Eslatib ötamiz, avvalroq Amerika Prezidenti Donald Tramp bundan buyon AQŞda suniy intellekt (SI) “super intellekt” deb atalişini malum qilgandi va boşqa mamlakatlarni ham ularning tarifiga ergaşişga çaqirgan edi.