Dubaydan Tel-Avivga uçgan samolyot favqulodda olib qoçiş signali berdi
Dubaydan Tel-Avivga uçayotgan Flydubai yölovçi samolyoti favqulodda olib qoçiş signalini yuborib, Saudiya Arabistoni hududi tomon burildi. Bu haqda “The Times of Israel” xabar berdi.
Qayd etilişiça, samolyot dastlab xalqaro favqulodda holatni bildiruvçi 7700 kodini yuborgan. Şundan köp ötmay esa 7500 kodini bergan. Mazkur kod samolyotni olib qoçiş yoki bortga noqonuniy aralaşuv holatini anglatadi.
Şundan söng, Isroil Harbiy-havo kuçlarining qiruvçi samolyotlari havoga kötarilib, yölovçi samolyoti tomon yönaltirilgan. Isroil OAVlari Boş vazir va Mudofaa vaziri favqulodda maslahatlaşuv ötkazayotganini xabar qilgan.
Dastlabki malumotlarga köra, samolyot bortida taxminan 180 nafar yölovçi bölgan. Keyinçalik u parvozlarni kuzatuvçi saytlarda körinmay qolgan.
Xabarlarga köra, samolyot Saudiya Arabistonining Tabuk şahri yaqinida qayd etilgan va mamlakat hududiga qönişi kutilgan. Isroil xavfsizlik manbalari samolyot qöngaç, bortda nima sodir bölganiga aniqlik kiritiş mumkinligini bildirgan.
.png)
Keyingi malumotlarga köra, mazkur reys FZ1073 bölib, samolyot Boeing 737 MAX 8 rusumida bölgan. Uning bortida 150 nafardan ortiq isroillik yölovçi bölgan. Şuningdek, samolyot olib qoçilgani hozirça rasman tasdiqlanmagan.
Eslatib ötamiz, avvalroq Istanbul aeroportida Eronning “Caspian Airlines” aviakompaniyasiga tegişli yölovçi samolyoti hibsga olingani haqida xabar berilgan edi.