Sevgilisining maşuqasini öldirgan mahbus 2 doza ölim dorisidan keyin ham tirik qoldi
AQŞning Tennessi ştatida 1995 yilda qotillik sodir etgani uçun ölim jazosiga hukm qilingan Krista Geyl Payk ikki doza ölimga olib keluvçi preparat yuborilganiga qaramay, tirik qoldi. 50 yoşli mahbus qatl xonasidan tez yordam maşinasida şifoxonaga olib ketildi. Bu haqda CNN xabar berdi.
Malum qilinişiça, Payk bugun, 1 oktyabr kuni soat 10:00 da qatl etilişi kerak edi. Biroq unga ikki marta pentobarbital yuborilganiga qaramay, u vafot etmagan. Qatlni kuzatgan OAV vakillarining aytişiça, Payk jarayon davomida huşyor bölgan, bir payt boşini kötarib, qamoqxona xodimlaridan qöli şunday his qilinişi kerakmi, deb söragan.
Ikkinçi doza soat 20:26 da yuborilgan. Şundan keyin ham Paykning xurrak otayotgani eşitilgan. Soat 20:53 da qatl xonasidagi mikrofon öçirilib, OAV vakillariga hududni tark etiş aytilgan.
Paykning advokatlari uning tirik qolganini tasdiqlagan. Ularning sözlariga köra, mahbus qamoqxonadan tez yordam maşinasida şifoxonaga olib ketilgan, biroq advokatlarga uning hozirgi ahvoli haqida malumot berilmagan.
Ölim jazosi böyiça ekspertlar mazkur holatni misli körilmagan deb atagan. Ölim jazosi haqida malumot beruvçi markaz ijroçi direktori Robin Maherning aytişiça, AQŞda 7 nafar mahbus qatl jarayonida vena topilmagani sababli tibbiy muammolardan omon qolgan. Biroq heç kim ölimga olib keluvçi preparatlar yuborilganidan keyin tirik qolmagan.
Tennessi ştatining qatl protokolida birinçi dozadan keyin mahbus vafot etmasa, ikkinçi dozani yuboriş belgilangan. Biroq ikkinçi dozadan keyin ham mahbus tirik qolsa, qanday çoralar körilişi protokolda körsatilmagan.
Mazkur voqeadan söng Tennessi gubernatori Bill Li yil oxirigaça rejalaştirilgan barça qatllarni töxtatgan. U hodisa yuzasidan “aynan nima sodir bölganini aniqlaş uçun uçinçi tomon iştirokida keng qamrovli tekşiruv” ötkazilişini buyurganini malum qilgan.
“Tennessi aholisi qatl jarayoni nafaqat qonuniy va Konstitutsiyaga mos, balki samarali tarzda amalga oşirilişini kutadi”, degan gubernator.
Tennessi Tuzatiş işlari departamenti esa qatl jarayonida ştatda belgilangan va Boş prokuratura tomonidan tasdiqlangan barça tartiblarga amal qilinganini bildirgan.
Payk dastlab 1 oktyabr kuni ertalab qatl etilişi kerak edi. Biroq jarayon boşlanişidan taxminan bir soat oldin AQŞ Oltinçi okrug apellyatsiya sudi 2 ga qarşi 1 ovoz bilan qatlni vaqtinça töxtatgan. Sud Paykning bolalik davrida jinsiy zöravonlikka uçragani haqidagi davolari hukm çiqariş vaqtida yetarliça hisobga olingan-olinmaganini körib çiqiş uçun vaqt kerakligini bildirgan.
Boş prokuratura bu qaror ustidan AQŞ Oliy sudiga şikoyat qilgan. Keyinçalik Oliy sud qatlni davom ettirişga yöl oçgan. Suddagi 3 nafar liberal sudya qarorga qarşi çiqqan. Sudya Sonya Sotomayor Paykning davolari çuqurroq körib çiqilişi kerakligini bildirgan.
Paykning advokatlari esa qatl jarayoni davomida uning “keraksiz azob” çekayotganini bildirib, AQŞ Oliy sudiga favqulodda ariza kiritgan. Ular mahbusga hayotini saqlab qolişga qaratilgan tibbiy yordam körsatilişi kerakligini ham söragan.
Malumotlarga köra, Payk 1995 yil 12 yanvar kuni 19 yoşli Kolin Slemmerni öldirgan. Prokurorlarning aytişiça, u Slemmerni öz yigitini olib qöyişga urinayotganidan xavotirlanib, örmonzor hududga aldab olib borgan. Payk Slemmerni kantselyariya piçoği bilan piçoqlab, asfalt bölagi bilan urgan.
Jinoyat paytida Paykning yigiti Şipp 17 yoşda bölgan. U Slemmerning tanasiga pentagramma –
şaytonparastlik bilan boğliq yulduzsimon belgi öyib tuşirganini tan olgan. Şipp umrbod qamoq jazosiga hukm qilingan va şartli ravişda ozodlikka çiqiş imkoniyatiga ega bölgan. Payk esa ölim jazosiga hukm qilingan.
Qotillikdan söng Paykda bipolyar buziliş va travmadan keyingi stress buzilişi taşxisi qöyilgan. Uning tarafdorlari jinoyat sodir etgan paytda 18 yoşda bölganini, ruhiy kasalligi va bolalikdagi oğir jinsiy zöravonlik haqidagi davolari hisobga olinişi kerakligini aytmoqda.
Payk esa qotillikni sodir etganini inkor etmaydi. U afv etiş haqidagi murojaatida Slemmer bilan faqat janjallaşmoqçi bölganini, biroq vaziyat nazoratdan çiqib ketganini aytgan.
Slemmerning onasi Mey Martines esa Paykning ölim jazosi ijro etilişini önlab yillardan beri kutib kelgan. U qatl jarayonini kuzatiş uçun eri bilan Floridadan Tennessiga borişga tayyorlangan.
AQŞ Oliy sudi 1976 yilda ölim jazosini qayta tiklaganidan beri mamlakatda 18 nafar ayol qatl etilgan. Bu barça qatllarning qariyb 1 foizini taşkil etadi.
Agar Paykning qatli muvaffaqiyatli amalga oşirilganida, u joriy yilda AQŞda qatl etilgan 30-şaxs va Tennessi ştatida 200 yildan ortiq vaqt içida qatl etilgan ilk ayol bölardi.