Eronlik boksçi ölimga hukm qilindi
21-12-2025, 02:14
1 179 марта

Eronlik boksçi ölimga hukm qilindi
Eron Oliy sudi 30 yoşli boksçi va siyosiy mahbus Muhammad Javad Vafoei Sanining qayta sud qiliş haqidagi iltimosini rad etdi va unga nisbatan ölim jazosini öz kuçida qoldirdi. Bu haqda “Iran wire” naşri xabar berdi.Muhammad Javad Vafoei Sanining işni qayta körib çiqiş haqidagi iltimosi joriy yilning 15 dekabr kuni rad etilgan. Hozirda u Maşhaddagi Vakilobod qamoqxonasida saqlanmoqda. Sportçi sudning qarori va işning qatl bölimiga yuborilgani haqida xabardor qilingan. Qamoqxona rasmiylari uning oilasi bilan boğlanib, işning qatl idorasiga topşirilganini malum qilgan. Şuningdek, rasmiylar Vafoei Sanining onasiga şaxsan taşrif buyurişga ruxsat bergan. Qatl sanani esa hali rasman tasdiqlanmagan.