Eronda Isroilga josuslik qilişda ayblangan şaxs qatl qilindi
20-10-2025, 14:28
192 марта

Eronda Isroilga josuslik qilişda ayblangan şaxs qatl qilindi
Eronning Qum şahrida Isroil razvedka agentligiga josuslik qilişda ayblangan şaxs qatl qilindi. Bu haqda “Associeted Press” xabar berdi.Malumotlarga köra, sud hukmi joriy yilning 18 oktyabr kuni ijro etilgan. Oliy sud ayblanuvçining afv etiş sörovini qanoatlantirmagan.
Xabarda ayblanuvçining şaxsi oşkor etilmagan, biroq u Isroil bilan razvedka xizmatlarida iştirok etişda ayblanib, Eron jinoyat kodeksiga köra ölim jazosiga hukm qilingan.
Qayd etilişiça, u 2023 yil oktyabr oyida Isroil razvedka xizmatlari bilan aloqa va hamkorlikni boşlagan va tört oy ötib, 2024 yil fevralida hibsga olingan.
Şuningdek, ayblanuvçi Isroil razvedkasiga maxfiy malumotlarni taqdim etgan va Eron içida missiyalarni amalga oşirgan. Ayğoqçilikning mohiyati va şaxsning hibsga olingan sanasi haqida qöşimça malumotlar oşkor etilmagan.
“Eron sud tizimi bunday qatllarni milliy xavfsizlikni taminlaş uçun zarur ekanligini takidlagan”, deya qöşimça qilinadi xabarda.