USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Frantsiyada öquvçilar namoyişi: maktablarga öt qöyildi

95 марта
Францияда ўқувчилар намойиши: мактабларга ўт қўйилди

Frantsiyada öquvçilar namoyişlari vaqtida kamida ikki maktabda yonğin çiqdi. Bu haqda “Reuters” xabar berdi.

 

Avvalroq, Frantsiyada 3 700 ga yaqin maktabdan 400 tasida namoyişlar yoki tartibsizliklar kuzatilgani haqida xabar berilgan edi. Öquvçilar sinflardagi öquvçilar sonining köpligi, öqituvçilar yetişmasligi va dars jadvallarining haddan taşqari tiğizligiga qarşi çiqqan edi.

Qayd etilişiça, namoyişlar davomida Marsel şahridagi Sen-Ekzyuperi maktabida yonğin sodir bölgan. Yonğinni öçiriş uçun borgan öt öçiruvçilarni yuzlab yoşlar qurşab olgan va ularni maşinani tark etişga majbur qilgan. Şundan söng, öt öçiriş maşinasi yoqib yuborilgan.

Şuningdek, Marseldagi Viktor Gyugo litseyi direktori ustiga benzin sepilgan va u jarohatlangan. Nant şahridagi Nelson Mandela maktabida ham yonğin çiqqan. Yonğin nazoratga olingan va hodisa oqibatida heç kim jarohatlanmagan. Binodagi odamlar evakuatsiya qilingan, maktabga borişi kerak bölgan öquvçilar esa ortga qaytarilgan.

Namoyişlar ötgan haftada boşlangan. Öquvçilar öqituvçilar yetişmasligi, talim uçun resurslarning kamligi va maktablardagi şaroitlarning yomonligiga norozilik bildirmoqda.

Namoyişlar davomida önlab odamlar jarohatlangan, yuzlab kişi (aksariyati ösmirlar) hibsga olingan. Frantsiya Boş vaziri Sebastyan Lekornyu idorasi 1 oktyabr kuni namoyişlar yuzasidan yiğiliş ötkazgan.

Içki işlar vaziri Loran Nyunesning aytişiça, ayrim hududlarda tartibsizlik keltirib çiqarayotgan şaxslar zöravonlikka undaş maqsadida bir maktabdan boşqasiga ötmoqda. Talim vaziri Eduar Jeffrey esa namoyişçilar maktab binolariga kirişni tösib qöygan holatlarda darslarni masofaviy şaklda ötkazişga çaqirgan.

Eslatib ötamiz, avvalroq Frantsiyada öquvçilarning talim tizimidagi muammolarga qarşi noroziliklari vaqtida 440 kişi uşlangani haqida xabar berilgan edi.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: