AQŞ Ukrainaning “nonini yarimta qildi”
AQŞ Prezidenti Donald Tramp mamuriyati Kongressdagi taqiqni çetlab ötib, Yevropa va Yaqin Şarq mamlakatlariga, jumladan, Ukrainani qöllab-quvvatlaş uçun möljallangan 52 million dollar miqdoridagi harbiy yordam mablağlarini Lotin Amerikasi davlatlariga yönaltirdi. Bu haqda “The Waşington Post” xabar berdi.
Qayd etilişiça, mablağ Panama, Peru, Ekvador va Kolumbiyaga yönaltirilgan. Dastlab uşbu pullar Slovakiya, Şimoliy Makedoniya, Tunis va Iroqqa ajratilgan edi. Slovakiya va Şimoliy Makedoniyaga möljallangan mablağlarning bir qismi Ukrainani qöllab-quvvatlaş uçun işlatilişi kerak bölgan.
AQŞ Davlat departamenti sentyabr oyida Yevropa va Yaqin Şarq mamlakatlariga ajratilişi rejalaştirilgan bir neça ön million dollarni Lotin Amerikasidagi loyihalarga yönaltiriş rejasini Kongressga bildirgan. Departament bu qarorni narkoterrorizmga qarşi kuraş zarurati bilan izohlagan.
Biroq senator Jinn Şeyxin va Vakillar palatasi azosi Gregori Miks mazkur qarorni töxtatişni talab qilgan. Ularning taşabbusi bilan mablağlarni qayta yönaltiriş jarayoni vaqtinça töxtatilgan.
“Waşington Post”ga malum qilgan manbalarga köra, mamuriyat joriy yilning 30 sentyabr kuni keçqurun Kongressni qaror haqida yaşirin ravişda xabardor qilgan va taqiqni çetlab ötib, mablağlarni qayta yönaltirişni davom ettirgan.
Qarorga qarşi çiqqan qonunçilar AQŞ Davlat kotibi Marko Rubioga maktub yöllab, bunday qadam Kongress tomonidan joriy etilgan taqiq hamda mablağlardan maqsadli foydalaniş talablariga zid ekanini bildirgan.
Naşrning yozişiça, Iroq va Tunisga ajratilgan mablağlar boşqa qonunlar asosida moliyalaştirilgani sababli Kongress taqiqiga kirmagan. Şunga qaramay, uşbu pullar mazkur davlatlar uçun murakkab davrda – AQŞning Eron bilan uruşi va Amerika qöşinlarining Iroqdan olib çiqilişi jarayonida boşqa davlatlarga yönaltirilgan.
Eslatib ötamiz, avvalroq AQŞ Davlat departamenti Ukrainaga umumiy qiymati 2,68 milliard dollar bölgan öq-dorilarni sotiş va havo mudofaasi tizimlarini modernizatsiya qiliş böyiça xizmatlar körsatiş mumkin bölgan bitimni maqullagandi.