AQŞ Yaqin Şarq davlatlariga 23 mlrd dollarlik qurol-yaroğ sotadi
21-03-2026, 06:07
86 марта

AQŞ Yaqin Şarq davlatlariga 23 mlrd dollarlik qurol-yaroğ sotadi
Amerika rasmiylariga köra, bu qadam Eron bilan mojaro fonida mazkur mamlakatlarni harbiy jihatdan qöllab-quvvatlaşga qaratilgan. Taklif etilayotgan paket tarkibiga Davlat departamenti elon qilgan 16 milliard dollardan ortiq bitimlar kiradi. Ular orasida BAA uçun havo mudofaa tizimlari, bombalar, radarlar, şuningdek, Kuvayt uçun 8 milliard dollarlik havo hujumidan mudofaa tizimlari mavjud.
Bundan taşqari, mamuriyat BAA uçun taxminan 7 milliard dollarlik qurol-yaroğ savdosini ham maqulladi. Bu bitimlar AQŞ qonunlariga köra ommaga elon qilinişi şart emas, çunki ular avval tuzilgan şartnomalarni kengaytiradi.
Elon qilinmagan uşbu kelişuvlar tarkibida BAAga 5,6 milliard dollarlik Patriot PAC-3 raketalari va 1,32 milliard dollarlik Ç-47 Çinook vertolyotlariniyetkazib beriş közda tutilgan. Şuningdek, 37 million dollarlik Predator XP dronlarini sotiş va B-250/350 yengil samolyotlariga texnik xizmat körsatiş dasturlari ham tasdiqlangan.
Rasmiylarga köra, Tramp mamuriyati Eron hujumlariga duç kelayotgan Yaqin Şarqdagi ittifoqçilarni qöllab-quvvatlaş uçun qurol sotiş takliflarini ilgari surmoqda. Bazi bitimlar AQŞ qurol eksporti qonunidagi “favqulodda band” asosida amalga oşiriladi. Bu odatda yirik savdolarni körib çiqadigan Kongress nazoratini çetlab ötişimkonini beradi.
Şuningdek, bitim doirasida BAAda joylaşgan THAAD mudofaa tizimigaintegratsiya qilinadigan, taxminiy qiymati 4,5 milliard dollar bölgan radar va boşqa uskunalar yetkazib beriladi.
“Uşbu savdo BAAning mavjud va kelajakdagi tahdidlarga qarşi turiş salohiyatini sezilarli darajada oşiradi”, deya takidladi Davlat departamenti.