AQŞ Yaqin Şarqdagi harbiy muvozanatni özgartirişi mumkin
5-11-2025, 18:10
76 марта

AQŞ Yaqin Şarqdagi harbiy muvozanatni özgartirişi mumkin
AQŞ Prezidenti Donald Tramp mamuriyati Saudiya Arabistonining 48 ta F-35 harbiy samolyotini xarid qiliş haqidagi sörovini körib çiqmoqda. Bu haqda ikki manbasiga tayanib, “Reuters” agentligi xabar berdi.
Malum qilinişiça, multimilliard dollarlik potentsial kelişuv Pentagondagi muhim bosqiçdan ötgan – bu qaror valiahd şahzoda Muhammad bin Salmonning AQŞga taşrifi arafasida qabul qilingan.
Bunday kelişuv Vaşington siyosatida jiddiy buriliş bölib, Yaqin Şarqdagi harbiy muvozanatga tasir körsatişi va Isroilning “sifat jihatidan ustun harbiy afzalligi” siyosati doirasida yangi bahslarni keltirib çiqarişi mumkin.
Manbalarning aytişiça, Saudiya Arabistoni bu yil boşida Prezident Trampga töğridan töğri murojaat qilgan va Lockheed Martin kompaniyasining F-35 uçoqlariga uzoq yillardan beri qiziqiş bildirib kelayotganini bildirgan. Pentagon hozirda 48 ta zamonaviy samolyotni sotiş imkoniyatini muhokama qilmoqda. Hozirça sörovning aniq hajmi va uning maqomi malum qilinmagan
Ikki nafar AQŞ rasmiysining takidlaşiça, hali qatiy qaror qabul qilinmagan – kelişuvni amalga oşiriş uçun hukumat darajasidagi bir neça bosqiç, Trampning şaxsiy maqullovi va Kongress xabardorligi talab etiladi.
“Pentagonning siyosiy bölimi mazkur kelişuv ustida bir neça oy işlagan va hujjat Mudofaa vazirligi darajasiga yetgan”, dedi manbalardan biri.AQŞ odatda Yaqin Şarqqa qurol sotişda Isroilning harbiy ustunligini taminlaş printsipiga amal qiladi – bu Isroilga arab davlatlariga qaraganda ilğorroq qurollar yetkazib beriş kafolatini beradi.
F-35 — duşman radarlaridan yaşiriniş imkonini beruvçi stels texnologiyasi bilan jihozlangan dunyodagi eng ilğor qiruvçi samolyot hisoblanadi. Isroil bu samolyotni qariyb ön yildan beri qöllab kelmoqda va hozirça uşbu tizimga ega bölgan Yaqin Şarqdagi yagona davlatdir.
Saudiya Arabistoni – AQŞ qurollarining eng yirik xaridori, uzoq vaqtdan beri havo kuçlarini modernizatsiya qiliş va xususan, Eron tahdidiga qarşi turiş maqsadida F-35 samolyotlarini olişga intilib kelayotgan edi. Valiahd şahzoda bin Salmon taşabbusi bilan 2030 yilgaça bölgan mudofaa islohotlari doirasida mamlakat ikkita F-35 eskadrilyasi tuzişni rejalaştirmoqda.
Tramp mamuriyati Saudiya bilan harbiy hamkorlikni çuqurlaştiriş tarafdori ekanligini bir neça marta bildirgan. Saudiyaning havo kuçlari hozirda Boeing F-15, Yevropa Tornado va Typhoon samolyotlarini qöllaydi.
F-35 masalasi ilgari keng diplomatik muzokaralarga ham boğliq bölgan. Bayden mamuriyati davrida Saudiyaga F-35 sotiş ehtimoli Ar-Riyodning Isroil bilan munosabatlarni normallaştirişi haqidagi kelişuv bilan boğlangan edi, ammo bu jarayon töxtab qolgan.
Tramp hokimiyatga qaytgaç, Saudiya bilan qurol savdosini ustuvor yönaliş qilib belgiladi. May oyida AQŞ Saudiya bilan 145 milliard dollarlik qurol bitimini imzolagan bölib, Oq uy buni “Vaşington tarixidagi eng yirik mudofaa hamkorlik kelişuvi” deb atagan.