Pentagon AQŞ harbiy-dengiz kuçlari uçun yangi qiruvçi samolyot loyihasini tasdiqladi - Reuters
9-10-2025, 00:21
119 марта
Pentagon AQŞ harbiy-dengiz kuçlari uçun yangi qiruvçi samolyot loyihasini tasdiqladi - ReutersPentagon AQŞ harbiy-dengiz kuçlari uçun yangi qiruvçi samolyot loyihasini maqulladi. Bu haqda Reuters agentligi manbalarga asoslanib xabar bermoqda.
Loyihani amalga oşiriş töğrisidagi qarorni uruş vaziri Pit Xegset 3 oktyabr kuni qabul qilgan.
Takidlanişiça, F/A-XX paluba samolyotini işlab çiqariş bilan şuğullanadigan kompaniya şu haftaning özidayoq tanlab olinadi. Tenderda Boeing va Northrop Grumman korporatsiyalari iştirok etmoqda. Yangi qiruvçi samolyot 1990-yillardan beri qöllanib kelinayotgan F/A-18E/F Super Hornet qiruvçi samolyotlari örnini egallaydi.
Malumotlarga köra, FA-XX dasturi AQŞning Xitoy bilan raqobatdagi ustunliklarini taminlaş uçun muhim ahamiyatga ega bölib, uzoq masofaga uça oladigan, kam seziluvçi va uçuvçisiz uçiş apparatlari bilan hamkorlikda işlaş imkoniyatiga ega havo kemasini yaratişni nazarda tutadi.
Ilgari loyihani amalga oşiriş Pentagon va Kongress örtasidagi moliyalaştiriş böyiça kelişmovçiliklar tufayli keçiktirilgan edi. Natijada, Kongress yirik soliq-byudjet çora-tadbirlari töplami doirasida 750 milliard dollar, şuningdek, dasturni tezlaştiriş uçun 2026-moliyaviy yilga qöşimça 1,4 milliard dollar ajratişni ma’qullagan.
Dastlabki seriyali F/A-XX samolyotlari 2030-yillarda foydalanişga topşirilişi kutilmoqda. Hozirgi F/A-18 samolyotlari esa 2040-yillargaça xizmatda böladi.