Mask Oq uyga qaytmoqda: u kelajak uruşlari dasturi ustida işlaydi
Amerikalik milliarder va tadbirkor Ilon Mask Donald Tramp administratsiyasida yangi işni öz zimmasiga olmoqda: u Pentagonga Amerika qöşinlariga kelajak uruşlarini olib boriş uçun qanday qurol va texnologiyalar kerak bölişini aniqlaşda yordam beradi. Bu haqda “Fox News” xabar berdi.
Qayd etilişiça, AQŞ Mudofaa vaziri Pit Hegset “Meridian” loyihasi – Pentagonning bölajak uruşlar frontlari va zarur imkoniyatlarni aniqlaş böyiça taşabbusi boşlanganini elon qilgan. Işga Mudofaa vaziri örinbosari Emil Maykl rahbarligi ostida SpaceX asosçisi Ilon Mask, Anduril asosçisi Palmer Laki va Vakillar palatasining sobiq spikeri Nyut Gingriç jalb etilgan.
Hegsetning sözlariga köra, guruh 120 kun davomida “uruşlar, hududlar va texnologiyalar trayektoriyasini xaritalaştiradi”, şundan söng xulosalar ommaviy ravişda taqdim etiladi va maxfiy ilova yaratiladi. Hegset loyiha kölamini “Er qaridan to Oygaça” qamrab oluvçi deb tariflagan.
“Biz mustaqil qömondonlik haqida ön yil oldin öylaşimiz kerak edi. Biz endi “progressivlar” bölimi yoki “ojizlar” bölimi emasmiz. Heç qanday semizlar, stajyorlar, soqollilar, noziktabiatlar, radikallar bölmaydi. Faqat jangçilar”, deydi Hegset.
Uşbu taşabbus kengroq islohotning bir qismiga aylangan: “avtonom uruş”ning yangi tört yulduzli qömondonligi (AUTOWARCOM) yaratilmoqda va qöşinlarning barça turlarida “avtonom harbiy xizmatçilar” uçun karera yönalişlari joriy etilmoqda.
Mask va Laki Pentagon bilan hamkorlik qiliş tajribasiga ega: SpaceX yirik pudratçi hisoblanadi, Anduril esa avtonom qurol va ilğor tizimlarni işlab çiqadi. Ularning iştiroki manfaatlar töqnaşuvi ehtimoli haqidagi savollarni keltirib çiqarişi mumkin.
Hegset işlar zudlik bilan boşlanişini, Mask, Laki va Gingriç bilan uçraşuv çiqiş maydonçasi yaqinidagi “xavfsiz joyda” bölib ötişini malum qilgan.
Malumot uçun, “Meridian” loyihasi strategiya yoki siyosatni işlab çiqmaydi, balki bölajak qurol-yaroğ tizimlarini “oçiş, işlab çiqiş va joriy etiş” uçun ustuvor sohalar va zarur imkoniyatlarni aniqlaydi. Taşabbus Hegsetning Kvantiko bazasida yoş yetakçilarga – E-6 serjantlari va O-3 ofitserlariga qaratilgan qurolli kuçlarning ahvoli haqidagi ikkinçi yillik nutqida taqdim etilgan.
Qayd etiş joiz, Ilon Mask Donald Tramp prezidentlik lavozimiga qaytganida uning atrofidagi eng tasirli şaxslardan biri hisoblanar edi. Tadbirokor bir neça oy davomida hukumat işini maqbullaştiriş departamentiga (DOGE) rahbarlik qildi, biroq köp ötmay u va Tramp örtasida nizo kelib çiqdi. Şundan söng Mask administratsiyani tark etdi.
2026 yilning yozida Amerika OAVlari Tramp va Mask munosabatlarni qayta tiklagani haqida yozdi. Xabar qilinişiça, tadbirkor kongressga saylovlar oldidan Respublikaçilar partiyasini moliyalaştirişni qayta boşlaşni rejalaştirmoqda.
Ötgan haftada Mask Trampning XXR Raisi Si Tszinpin şarafiga uyuştirgan davlat qabulida iştirok etdi, may oyida esa Trampning Xitoyga davlat taşrifi çoğida unga hamrohlik qilgan biznes-delegatsiya tarkibida Air Force One maxsus samolyoti bortida Pekinga uçib borgan edi.