USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Rossiyadagi tarixiy saroy yonib, kul böldi

372 марта
Россиядаги тарихий сарой ёниб, кул бўлди

Rossiyaning Sankt-Peterburg şahrida joylaşgan tarixiy Miller saroyi töliq yonib ketdi. Yonğin 2 ming kvadrat metr maydonni qamrab olib, olov qöşni binoning tomiga ham ötgan. Bu haqda şahar Favqulodda vaziyatlar boşqarmasi xabar qildi.

Qayd etilişiça, yonğin keça, 1 oktyabr kuni soat 20:11 da Isaak maydonidagi binoda boşlangan. Yonğin soat 20:26 da ikkinçi darajaga, 21:12 da esa uçinçi darajaga oşgani qayd yetilgan. Yonğin vaqtida saroyning tomi qulagan.

Olov qöşni binoning tomiga ham ötib, 250 kvadrat metr maydondagi konstruktsiyalarga zarar yetkazgan. U yerda mehmonxona joylaşgani sabab barça xodimlar va mehmonlar evakuatsiya qilingan. Yonğin hududidan 10 kişi qutqarilgan. Jabrlanganlar haqida malumot berilmagan.

Yonğinni öçirişga 165 nafar qutqaruvçi va 37 ta texnika jalb qilingan. Suvni uzluksiz yetkazib beriş uçun Neva daryosidan yonğin joyigaça magistral quvur tortilgan.

Favqulodda vaziyatlar vazirligi vakili Andrey Litovkaning aytişiça, binodagi yoğoç qavatlar va tösiqlar, şuningdek, yuqori harorat, böşliqlar, oçiq joylar, murakkab rejalaştiriş va qöşimça qurilmalar olovning tez tarqalişiga sabab bölgan.

Soat 00:40 da yonğinning tarqalişi töxtatilgan va uning toifasi ikkinçi darajaga tuşirilgan. Oçiq olov soat 01:45 da töliq öçirilgan. Şundan söng, qutqaruvçilar konstruktsiyalarni qayta yonğin çiqişining oldini oliş uçun suv bilan sovitişda davom etgan.

Hodisa yuzasidan Rossiya Tergov qömitasi tekşiruv boşlagan. “Fontanka“ naşrining Favqulodda vaziyatlar vazirligidagi manbasi yonğinga qasddan öt qöyiş sabab bölişi mumkinligini aytgan. Biroq vazirlik matbuot xizmati rahbari yonğin töliq öçirilmasdan turib uning sabablari haqidagi versiyalarni muhokama qilişga hali erta ekanini bildirgan.

Malumot uçun, Miller saroyi XVIII asrning ikkinçi yarmida qurilgan. 1879 yilda mulkni istefodagi muhandis-podpolkovnik Karl Miller sotib olgan va uni qayta qurişni memor bölgan ukasi Frans-Ferdinand Millerga topşirgan. 2021 yilda saroy va daromad uyi mintaqaviy ahamiyatga ega madaniy meros obektlari reyestriga kiritilgan. Sönggi yillarda böş turgan binoni “TAS“ kompaniyasi restavratsiya qilib, elita uy-joyiga moslaştirişni rejalaştirgan. Loyiha qiymati 700 mln rubldan ortiq deb baholangan, işlarni esa 2027 yilda yakunlaş möljallangan.

Kompaniya keça, 1 oktyabr kuni binoda restavratsiya işlari boşlanganini bildirgan. Keyinçalik esa aniqlik kiritib, yonğin oldidan saroyda restavratsiyaning özi emas, balki unga tayyorgarlik işlari olib borilganini malum qilgan. Yonğin vaqtida binoda işçilar bölmagan.

Eslatib ötamiz, keça, 1 oktyabr kuni Rossiyaning Moskva viloyatidagi Krasnozavodsk kimyo zavodida kuçli portlaş sodir bölib, 7 kişi halok bölgandi.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: