USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

«Titanik» haybatining siri

579 марта

«Titanik» haybatining siri

Şu paytgaça hali bunday katta kema qurilmagan edi. Kemani tayyorlaşda 17000 işçi işlagan, muhandislar barça mahoratlarini işga solib, eng ustun texnologiyasini işlatgan edilar. Juda ham dabdabali va xavf-xatar uçun hamma narsa öylab qöyilgan edi. Qurganlar kökraklariga urib maqtanişgan va bahaybat kemaga öziga mos nom ham topildi: TITANIK.

Titanik nomi Grek mifologiyasida tabiat va dengizga qarşi uruş oçgan uydirma tangri nomidan olingan. Öziga öta işongan bu kemaning okeandagi ilk safari uning sönggi safari böldi. U aysbergga urildi va okeanning çuqur qoronğiliklariga kömildi. Öyin-kulgi, xuşçaqçaq ovozlar örnini ölim vahimalari egalladi va kema yuzlab yölovçisi bilan birga suvga çökdi.


Titanikning eng katta xususiyati işonçli ekanligida edi. Kema kutilmagan vaziyatda zarar körsa, boşqa qismlar evaziga muvozanatini saqlaşi möljallangan edi. Kema gavdasini tayyorlaşda işlatilgan pölat konstruksiya mukammal himoya kamari edi. Boşqa bir kema bilan töqnaşiş kabi öta yomon holatlarda ham kamida uç kun suv ustida tura oladigan va bu orada yölovçilarni qutqariş öylab qöyilgandi. Titanik tarixga özining mukammal hususiyatlari bilan emas, balki boşiga kelgan alamli halokati bilan muhrlandi. Ammo insonlar uçun ibrat oliş qanday qiyin! Mana sizga yaqin zamondan misol: «Zilzilani yengdik, Tangri va duoga ehtiyojimiz yöq», degan yaponlarning Kobe şahridagi «muhandislik möjizasi» deyilgan «çidamli» binolar qoğoz öyinçoqlarday parçalandi. Bu zilzila yaponlarga Allohning qonunidan ustun heç bir qonun yöqligini anglaşlari uçun foydali bölgandir, balki...
Halokatdan qutulganlarning aytişiça, öşa keça juda ham ğalati bölgan. Qisqa fursatda havo ham, hatto oy ham qorayib ketgan.
Titanikning kapitani kemaga bölgan çeksiz işonçi bilan radariga qaradi va yölida davom etdi. Titanik qoronğilik içiga qarab yuradi. Havo harorati muzlaş darajasiga keladi. Orada köriş masofasi şunçalik qisqaradiki, yordamçisi kapitanni qattiq ogohlantirişga majbur böladi. Kapitanning esa parvoi falak edi. Tun yarmiga kelganda kema nazorat joyidan qattiq baqiriş eşitildi:

– Aysbergga urilamiz!

Barça signallar harakatlantirildi. Kema yölida qusursiz davom etardi. Kiçik bir harakatga ulgurilmadi va Titanik aysbergga çap tomoni bilan urildi. Kapitan uçun qörquvga hojat yöq edi. Nima bölsa ham muhandislar hamma narsani öylab qöygan edilar.
Ammo taqdir tuşunçalar bilan çegaralangan emas. Eng nozik hisoblar bilan barpo qilingan va «kiçik bir hisob xatosi» hamma narsani ostin-ustun qilib taşladi. Uyğoq odamlar qayiqlarga yugurdi. Bir soat içida bir dona qayiq suvga tuşirildi. Uç kungaça botmaydi deyilgan Titanik uç soatlik çirpaniş orqasidan okeanning 3128 metr çuqurlikdagi qariga kömilib ketdi.

80 yildan keyin (1992 yilda) topilgan Titanik qoldiqlari suv ostidan çiqarildi. Kanadalik tadqiqotçilarni hayratda qoldirgan narsa kemadagi pölatning umuman zanglamasdan turişi edi.

Suv ostida qilingan tadqiqotlar Titanikning urilgan tomonida ajoyib nuqtalarni aniqladilar. Kema aysbergga şunday nuqtadan urilgandiki, öşa nuqtadan boşqa joyga urilsa, zarar ança oz bölişi mumkin edi.
Halokatga sabab bölgan «mayda» şartlar köp. Ammo oxirgi texnologiya mahsuloti bölgan bu «qusursiz» kemaning çökişida taqdir taqozosi borligi aniq. Özini koinotda yagona kuç deb elon qilgan inson Titanik bilan birga okean tubiga çökdi. Qoğozdan yasalgandek ikkiga bölinib, tezlikda çökkan bu kema yuzlab yölovçisi bilan: «Bu kemani Alloh ham çöktirolmaydi», degan yigirmançi asr firaavnlarini ham doğda qoldirdi.

Kanadalik mutaxassislar tadqiqotlaridan söng Titanikni «1912 Çelenjeri» deb nomladilar.Çunki, ikki halokatning ham bir xil texnik sabablari bor edi. Ular fikriça, Titanik uçun nosoz pölat, Çelenjer uçun esa notöğri kauçuk işlatilişi edi. Ammo Titanik va Çelenjerning orasidagi öxşaşlik bu bilan tugamaydi.

Titanik qanday okeanga kökrak kergan bölsa, Çelenjer ham köklarga şunday qilgandi. Çunki Çelenjer ham «Kökrak keriş, katta ketiş» degan manoni anglatadi. Zafar va şon-şuhrat işoralari bilan kötarilgan koinot kemasi qisqa vaqt orasida, millionlab insonning köz öngida yondi va içidagilar bilan birga kulga aylandi.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: