USD: 12,023 söm ▼ EUR: 13,461 söm ▲ RUB: 149 söm ▼ GBP: 16,146 söm ▲ CNY: 1,807 söm ▼ KZT: 26 söm ▼ TRY: 241 söm ▼ AED: 3,274 söm ▼ USD: 12,023 söm ▼ EUR: 13,461 söm ▲ RUB: 149 söm ▼ GBP: 16,146 söm ▲ CNY: 1,807 söm ▼ KZT: 26 söm ▼ TRY: 241 söm ▼ AED: 3,274 söm ▼

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

3 asr oldin Karib dengizi tubiga çökkan afsonaviy xazina topildi – OAV

231 марта

3 asr oldin Karib dengizi tubiga çökkan afsonaviy xazina topildi – OAV

3 asr muqaddam Britaniya qirolligi dengiz floti Ispaniya “toji”ga dahşatli zarba bergan – Karib dengizi tubiga oltin, kumuş va zumradlarga töla harbiy kema çöktirilgan. Tadqiqotçilar uning sönggi manzili haqida eng aniq dalillar topilganini davo qilmoqda. Bu haqda “The Times” xabar berdi.

Malum bölişiça, 1707 yil oxirlarida bir guruh perulik savdogarlar va rasmiylar Ispaniya ğaznasiga yuborilişi kerak bölgan xazina bilan Panamaning şimoliy sohilidagi Portobeloga yöl olgan. U yerda ular Ispaniyaning “Tierra Firme” flotiga qöşilgan. Bu flot Janubiy Amerika va Iberiya yarimoroli örtasida qirollik boyliklarini taşiş böyiça monopol huquqqa ega bölgan va San-Xose nomli kema borti tomonidan boşqarilgan.

Portobelodan suzib çiqqanidan söng galeon va uning hamrohlari britaniyalik admiral Çarlz Ueyger boşçiligidagi eskadra tomonidan hujumga uçragan. Britaniya qurollaridan berilgan zarbalar San-Xose korpusini yorib yuborgan va kuçli portlaş sodir bölib, kema dengiz tubiga ğarq bölgan.
2015 yilda Kolumbiya harbiy-dengiz kuçlari öşa galeon bölişi mumkin bölgan bir qoldiqni aniqlagan. Ammo uning aynan San-Xose ekani hali rasmiy tarzda tasdiqlanmagan.
Yangi tadqiqotda çökkan kemaning xazinasini çuqur tahlil qiliş uçun ilğor suvosti texnologiyalaridan foydalanilgan. Masofadan boşqariladigan suvosti qurilmasi yordamida olimlar kemaning orqa qismida soçilib yotgan tangalarning yuqori aniqlikdagi suratlarini olgan.

Tangalarning batafsil 3D rekonstruktsiyasi ularning qölda zarb qilinganini körsatmoqda. Şuningdek, ular Kastiliya va Leonning gerblarini hamda 1707 yilgi zarb sanasini aniq aks ettirmoqda. Tafsilotlar bu tangalar Perudan kelganini anglatadi. Bundan taşqari, Kangxi davriga (1662-1722) mansub Xitoy çinni buyumlari hamda 1665 yilga oid yozuvlar bor qurollar ham bu kemaning XVIII asr boşlarida çökkanini körsatadi.

“Uşbu dalillar töplami San-Xose galeoni ekanini tasdiqlaydi. 1707 yilda Lima zarbxonasida tayyorlangan tangalarning topilişi kemaning XVIII asr boşlarida “Tierra Firme” yönalişida harakatlanganiga işora qiladi. Uşbu tavsifga mos keladigan yagona kema – bu San-Xose galeonidir”, deydi Kolumbiya Harbiy-dengiz kadrlar maktabi va Antropologiya hamda Tarix milliy institutining yetakçi tadqiqotçisi Vargas Arisa.

Lima şahrida zarb qilingan bu tangalar Peru böylab yiğilgan ulkan qirollik xazinasining bir qismi bölgan. Bu xazina And toğlaridan olingan oltin, kumuş, zumradlar, Panamadan olingan marvaridlar va ehtimol, olmoslarni ham öz içiga olgan. Bularning bari Ispaniyaga yetkazilişi kerak bölgan, biroq Britaniya hujumi bunga yöl qöymagan.
San-Xose kemasining yuklari Ispaniyaning Britaniya, Avstriya va Niderlandiya qarşisidagi mudofaasini moliyalaştiriş uçun möljallangan. Biroq bu yuk afsonaviy “arvohga” aylangan, asrlar davomida miş-mişlar, taxminlar va xususiy mulk huquqlari ustidagi xalqaro huquqiy tortişuvlarga sabab bölgan.
Kema topilganiga ön yil bölgan bölsa-da, Kolumbiya hukumati hozirgaça uning yuklarini olib çiqişni rad etib kelmoqda.
“Antiquity” jurnalida çop etilgan maqolada Vargac Arisa va uning hamkasblari arxeologik tahlil endi boşlanayotganini aytadi.

“Bu topilma suvosti arxeologik hududni örganiş va mustamlaka davridagi dengiz savdosi hamda yönalişlarini çuqurroq anglaş uçun noyob imkoniyatni taqdim etadi. Bu uzoq muddatli loyiha uçun faqat birinçi qadamdir. Dastlabki bosqiçda heç qanday obektni olib çiqiş yoki qaziş rejalaştirilmagan, faqat butun maydon töliq tavsiflanmagunça kuzatuvlar olib boriladi”, deb yozadi ular.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: