Rossiya Ukrainani elektrsiz qoldirişni rejalaştirmoqda – NYT
Rossiya Ukraina energetika tizimini butunlay işdan çiqarişni rejalaştirmoqda. Rossiya Mudofaa vazirligi tomonidan tuzilgan hujum rejasi Ukraina rasmiylari qöliga tuşdi. Bu haqda “The New York Times” xabar berdi.
Qayd etilişiça, Ukraina Energetika vaziri Denis Şmigal sentyabr oxirida uşbu rejani Yevropaning ikki siyosatçisiga körsatgan. Hujjatning rus tilidagi nusxasi “The New York Times” ixtiyoriga ham kelib tuşgan. Biroq naşr uning haqiqiyligini mustaqil ravişda tasdiqlay olmagan.
Hujjatga köra, Rossiya Ukraina energetika tizimiga raketalar, boşqariladigan aviabombalar va dronlar, jumladan, reaktiv dronlar yordamida uç bosqiçda hujum qilişni rejalaştirgan.
Birinçi bosqiçda Ukrainaning ğarbiy hududlaridagi podstantsiyalarga zarba beriladi. Bu mamlakatning Yevropadan elektr energiyasi import qiliş imkoniyatini çeklaş uçun möljallangan.
Ikkinçi bosqiçda gidroelektr stantsiyalari nişonga olinadi.
Uçinçi bosqiçda esa Ukraina nazoratida qolayotgan uçta atom elektr stantsiyasini elektr bilan taminlaydigan podstantsiyalarga zarba beriş rejalaştirilgan. Zaporoje AES esa hozir Rossiya qöşinlari nazoratida.
Naşrga köra, rejaning asosiy maqsadi Kiyev, Xarkov va Odessa kabi yirik şaharlarni elektr energiyasi, issiqlik va suvsiz qoldiriş orqali gumanitar inqiroz yuzaga keltirişdan iborat. Hujjatda uşbu şaharlardagi elektr va issiqlik taminotini 90 foizgaça qisqartiriş hamda kanalizatsiya tizimlarining katta qismini işdan çiqariş közda tutilgan.
Malumotlarga köra, Rossiya qariyb 15 gigavatt elektr energiyasi işlab çiqariş quvvatini yöq qilişni rejalaştirmoqda. Bu Ukraina 2026 yil yozining oxirida ega bölgan işlab çiqariş quvvatining deyarli barçasiga teng.
Ukraina Energetika vaziri avgust oyida yil oxirigaça mamlakatdagi elektr energiyasi işlab çiqariş quvvati 21 gigavattga yetkazilişini aytgan. Bu ötgan qişda qayd etilgan 18 gigavattlik maksimal talabni qoplaş uçun yetarli bölişi kerak edi. Biroq Rossiyaning energetika obektlariga davom etayotgan hujumlari Ukrainaga qiş oldidan işlab çiqariş quvvatlarini oşirişga xalaqit berişi mumkin. Bu haqda “The New York Times“ suhbatlaşgan ekspertlar malum qilgan.
Eslatib ötamiz, avvalroq Ukraina Taşqi işlar vaziri Andrey Sibiga Rossiya bilan öt oçişni töxtatişning tört varianti mavjudligini aytgandi.