Ukrainada Rossiya zarbasiga uçramagan elektrostantsiya qolmadi – Şmigal
16-01-2026, 17:55
139 марта

Ukrainada Rossiya zarbasiga uçramagan elektrostantsiya qolmadi – Şmigal
Ukrainada uruş boşlanganidan beri Rossiya armiyasi zarbasiga uçramagan birorta ham elektrostantsiya qolmadi. Bu haqda mamlakat Energetika vaziri Denis Şmigal Oliy Rada majlisidagi çiqişida malum qildi.Uning sözlariga köra, ötgan yil davomida Rossiya energetika infratuzilmasiga qarşi 612 ta aniq yönaltirilgan hujum amalga oşirgan. Hozirda hujumlar intensivligi yanada ortib bormoqda, zarbalar deyarli har kuni berilmoqda. Oqibatda minglab megavatt elektr energiyasi işlab çiqariş quvvatlari işdan çiqqan.
Şu bilan birga, vazirning aytişiça, mamlakat energetika tizimi hanuz yaxlit holda saqlanib qolgan, biroq elektr energiyasi istemoliga jiddiy çeklovlar joriy etilgan. Eng murakkab vaziyat Kiyevda, şuningdek Odessa, Dnepropetrovsk, Xarkov viloyatlarida va frontga yaqin hududlarda kuzatilmoqda.
Şmigal xalqaro hamkorlar bilan generatorlar, akkumulyatorlar, transformatorlar va tamirlaş uçun zarur bölgan boşqa uskunalarni xarid qiliş böyiça faol işlar olib borilayotganini aytgan. Energetika obektlarini tiklaşga 15 mingdan ortiq mutaxassis jalb qilingan bölib, ular tun-u kun işlamoqda. Bundan taşqari, Ukraina Yevropa Ittifoqidan elektr energiyasi importini oşirmoqda.
“Rossiya bizni energetik terror orqali sindirişga umid qilmoqda. Biz tahdidlar jiddiyligini töliq anglaymiz va ularga tez hamda samarali tarzda javob bermoqdamiz”, deydi vazir.