USD: 11,935 söm ▲ EUR: 13,432 söm ▲ RUB: 146 söm ▼ GBP: 16,094 söm ▲ CNY: 1,789 söm ▲ KZT: 26 söm ▲ TRY: 239 söm ▲ AED: 3,250 söm ▲ USD: 11,935 söm ▲ EUR: 13,432 söm ▲ RUB: 146 söm ▼ GBP: 16,094 söm ▲ CNY: 1,789 söm ▲ KZT: 26 söm ▲ TRY: 239 söm ▲ AED: 3,250 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Ukrainadagi barça IESlar faoliyati töxtadi

90 марта

Ukrainadagi barça IESlar faoliyati töxtadi

Bugun, 8 noyabr kuni Rossiya hujumlari oqibatida Ukrainaning barça davlat issiqlik elektr stantsiyalari faoliyati töxtagan va endi elektr energiyasi işlab çiqarmayapti. Bu haqda “Tsentrenergo” matbuot xizmati özining Facebook sahifasida xabar berdi. 


“Biz töxtadik... Hozir – nol işlab çiqariş. Nol! Biz sutkada tiklagan narsamizni butunlay yöqotdik. Töliq!” deyiladi xabarda.
Rossiya Mudofaa vazirligi esa zarbalar Ukrainadagi harbiy va energetika obektlariga hamda ular bilan boğliq infratuzilmaga yönaltirilayotganini iddao qilgan.

Malumot uçun, “Tsentrenergo” – Ukrainadagi eng yirik elektr energetikasi korxonalaridan biri bölib, mamlakatdagi yagona davlatga qaraşli energiya işlab çiqaruvçi kompaniyasidir. Uning asosiy faoliyat yönalişlari – Ukraina elektr energiyasi ulgurji bozoriga yetkazib beriladigan elektr energiyasini işlab çiqariş hamda issiqlik energiyasi işlab çiqişdan iborat.
Kompaniyaning mamlakat böyiça umumiy elektr energiyasi işlab çiqariş hajmidagi uluşi qariyb 8 foizni, issiqlik energiyasi işlab çiqariş tarkibidagi uluşi esa 18 foizni taşkil etadi. “Tsentrenergo” Ukrainadagi energiya muvozanatini taminlaş va tartibga solişda muhim rol öynaydi.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: