USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Putinning Ukraina haqidagi bayonotlari gallyutsinatsiyaga öxşaydi – ISW

162 марта
Путиннинг Украина ҳақидаги баёнотлари галлюцинацияга ўхшайди – ISW

Rossiya Prezidenti Vladimir Putinning sentyabr oyida mamlakat qöşinlarining Ukrainada keng miqyosda oldinga siljigani haqidagi bayonotlari frontdagi real vaziyatdan şunçalik farq qiladiki, ular “gallyutsinatsiyani eslatmoqda”. Bu haqda Uruşni örganiş instituti (ISW) yozmoqda.

Institut malumotlariga köra, Putin tomonidan takidlangan 1301 kvadrat kilometr maydonni egallaş örniga, Rossiya qöşinlari bir oraliqda 80,81 kvadrat kilometrlik sof hududiy yöqotişlarga uçragan.

Putin joriy yilning 1 oktyabr kuni “Valday” munozara klubi yiğilişida sentyabr oyida Rossiya armiyasi Ukraina hududining 1301 kvadrat kilometri ustidan nazorat örnatganini malum qilib, bu “ötgan oylardagiga qaraganda 2,5 baravar köp” ekanini takidlagan. ISW front çiziğidagi vaziyat tahlili asosida bunga qarama-qarşi xulosaga kelgan. Agar Rossiya harbiylarining özlari nazorat ostiga ola olmagan hududlarga yorib kiriş holatlari hisobga olinsa, Rossiyaning sentyabr oyidagi sof hududiy yöqotişlari yanada köproq – 175,18 kvadrat kilometrni taşkil etadi.

ISW’ning hisoblaşiça, Putinning bayonotlari jang maydonida sodir bölayotgan hodisalarning soxta manzarasini yaratadi va Kremlning vaziyatni özi uçun manfaatli rakursda körsatişga qaratilgan harakatlariga mos keladi. Institut buni kognitiv uruşning bir qismi deb ataydi.

Şu bilan birga, ISW Putin özi tomonidan yangragan raqamlarning haqiqatga töğri kelmasligini bilişi yoki bilmasligini qatiy takidlamaydi. Institut bahosiga köra, Putinga Rossiya harbiy qömondonligi tomonidan berilgan malumotlar buzib körsatilgan bölişi mumkin. Bu esa Rossiya harbiy tuzilmasida muvaffaqiyatsizliklarni yaşiriş va rahbariyatga maqul axborotni taqdim etiş madaniyatining çuqur ildiz otgani bilan boğliq.

Qöşinlarning oldinga siljişini baholaşdan taşqari, Putin Rossiya Donetsk viloyatining butun hududini Yevropa va Ukraina kutganidan ança ertaroq egallaşga qodirligini aytgan va Kiyevga Donbassdan voz keçiş maqsadga muvofiqligiga şama qilgan. Vaholanki, Rossiya 4,5 yillik keng miqyosli uruş davomida uşbu hududni töliq okkupatsiya qila olgani yöq.

Eslatib ötamiz, avvalroq Vladimir Putin Ukrainadagi uruşni tugatiş böyiça barça takliflar hali ham muhokama uçun oçiq ekanini, biroq Moskva öz manfaatlarini hisobga olişi kerakligini bildirgandi.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: