USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Xitoy va AQŞ dunyoning ikki super kuçi, uçinçisi yöq – Aliyev

165 марта
Хитой ва АҚШ дунёнинг икки супер кучи, учинчиси йўқ – Алиев
“Ишимизга аралашманг!” Алиев Туркия ва Эрдўғанга “намёк” қилдими?

“Işimizga aralaşmang!” Aliyev Turkiya va Erdöğanga “namyok” qildimi?

Xitoy va AQŞ dunyoning ikki super kuçi, uçinçisi yöq. Şuningdek, uşbu mamlakatlar örtasida muayyan masalalar muhokama qilinadi va raqobat mavjud. Bu haqda joriy yilning 2 oktyabr kuni Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev “Yangi Ozarbayjon” partiyasining VIII sezdida gapirdi.

“Bizda Yevropa Ittifoqiga azo köplab mamlakatlar bilan strategik şeriklik töğrisidagi deklaratsiya va şartnomalar mavjud. Ozarbayjon 10 ta azo mamlakat bilan şunday formatga ega. Aytişim mumkinki, sönggi vaqtlarda ikkita tarixiy voqea sodir böldi: biz Xitoy va Amerika bilan strategik şeriklik munosabatlarini örnatdik”, deydi Aliyev. 

Ozarbayjon Prezidentining aytişiça, Xitoy bilan Har tomonlama strategik şeriklik töğrisidagi deklaratsiya, Amerika Qöşma Ştatlari bilan esa Strategik xartiya imzolangan. Bular dunyoning ikki super kuçi, uçinçisi yöq – bu haqiqat. Albatta, uşbu mamlakatlar örtasida muayyan masalalar muhokama qilinadi va raqobat mavjud. Mazkur mamlakatlar tomonidan qoidalarning yagona tuşuniş asosida belgilanişi butun dunyo uçun eng muhim omil bölişi mumkin.  

“Ana şu ikki davlat bilan Ozarbayjon strategik şerik hisoblanadi. Yani aholimiz, hududimiz u qadar katta emas. Bu nima? Bu – bizga bölgan işonç, bizga bölgan munosabat, sözimizga bölgan işonçdir. Dunyoda sözimizning qiymati imzomiz bilan bir xil ekanini bilmaydigan heç kim qolmadi. Aytilgan barça narsani bajaramiz. Biz heç qaçon qöşaloq öyinlar öynamaganmiz. Heç bir mamlakatga nisbatan heç qaçon ikkiyuzlamaçilik, munofiqlik qilmaganmiz. Garçi bunday munosabatga bir neça bor duç kelgan bölsak-da va bugun ham duç kelişda davom etmoqdamiz. Biroq biz heç qaçon ular kabi böla olmaymiz. Biz – özini hurmat qiladigan insonlarmiz, biz qadr-qimmat bilan yaşaymiz va siyosatimizni munosib tarzda olib boramiz. Bizning misolimizda har bir kişi buning imkoni borligiga işonç hosil qilişi mumkin”, deydi Ozarbayjon yetakçisi. 

U misol sifatida Ozarbayjon bir özi duşmanni mağlubiyatga uçratganini, duşmanga öz şartlarini ötkazganini aytgan.

“Bir özing duşmanni mağlubiyatga uçratiş, duşmanga öz şartlaringni ötkaziş, 30 yil davomida senga azob-uqubat yetkazganiga qaramay, uni kapitulyatsiya töğrisidagi dalolatnomani imzolaşga majbur qiliş va söng kerakli paytda töxtaş, boşqa qon tökilmasligi uçun tinçlikka erişiş. Çunkiy bizga abadiy uruş kerak emas, bu bizning tanlovimiz emas edi. Ikkinçi Qoraboğ uruşida biz kerakli vaqtda töxtadik va 2023 yil sentyabrida ham kerakli vaqtda töxtadik. Garçi turli variantlar bölgan bölsa-da. Biroq aynan uzoqni köra biliş, strategik fikrlaş va xalqimizning asosiy manfaatlarini hisobga oliş şunday siyosatni belgilaydi.

Siyosatda his-tuyğularga örin yöq. Agar his-tuyğularga berilganimizda, bugun, ehtimol, uçinçi Ğalaba arkasini Yerevan markazida tiklagan bölar edik”, deydi davlat rahbari.

Malumot uçun, keça, 2 oktyabr kuni Bakudagi Haydar Aliyev markazida hukmron “Yangi Ozarbayjon” partiyasining VIII sezdi bölib ötdi. Partiyaning tuman va şahar taşkilotlaridan sezdga 960 nafar delegat saylangan. VIII sezdga tayyorgarlik köriş doirasida 7 sentyabrdan 19 sentyabrgaça partiyaning 84 ta mahalliy taşkilotida hisobot konferentsiyalari bölib ötgan va ularda jami 16 239 kişi iştirok etgan.

Eslatib ötamiz, Ilhom Aliyev uşbu sezdda Qoraboğdagi uruş uçun barça aybni Armanistonning avvalgi rahbariyati zimmasiga yuklab bölmasligini, biroq mamlakat sobiq rahbarlarining barçasi harbiy jinoyatçilar va munosib jazolarini olişlari kerakligini, şuningdek, mamlakat harbiy ğalabalarga öz kuçi bilan erişganini aytgan edi.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: