Saudiya Yevropani husiylarga qarşi uruşga tortmoqçi – “Bild”
Saudiya Arabistoni Eron tomonidan qöllab-quvvatlanayotgan husiylarga qarşi yangi harbiy operatsiyaga tayyorgarlik körmoqda va bunga Yevropa mamlakatlarini jalb qilişga umid boğlamoqda. Bu haqda “Bild” naşri xabar berdi.
Jurnalistlarga malum bölişiça, Ar-Riyod Frantsiya va Buyuk Britaniyadan harbiy yordam kutmoqda. Bundan taşqari, Saudiya razvedkasining sobiq rahbari Turki bin Faysal Al Saud Germaniyani ham husiylarga qarşi kuraşga qöşilişga çaqirgan. Uning aytişiça, Yevropa davlatlari mintaqaviy tabiiy resurslar va savdo yöllaridan foydalanar ekan, mintaqa barqarorligida ularning şaxsiy manfaatdorligi bor.
“Mintaqaning xomaşyo resurslaridan naf körayotgan har bir tomon tinçlik va xavfsizlikka öz hissasini qöşişi kerak”, deydi Turki.
Bir neça oy ilgari Saudiya Arabistoni Arabiston yarimoroli va Bob al-Mandab böğozini harbiy himoya qiliş hamda monitoring qiliş tizimini yaratişni taklif etgan edi. Biroq Turkining sözlariga köra, öşanda heç bir Yevropa davlati uşbu taşabbusga qöşilmagan.
U Yevropa uşbu yönaliş xavfsizligidan bevosita manfaatdor ekanini qayd etgan. Bob al-Mandab böğozi orqali Suvayş kanaliga, undan keyin esa Yevropa mamlakatlariga yöl oladigan kemalar ötadi.
Şu bilan birga, Saudiya Arabistoni husiylar bilan qarama-qarşilikda bir qator davlatlardan yordam olmoqda. Turkining aytişiça, Frantsiya tegişli tadbirlarda iştirok etmoqda, Buyuk Britaniya esa samolyotlarni havoda yonilği bilan töldirişga yordam bermoqda. Misr, Pokiston va Turkiya ham taminot, öq-dorilar va razvedka malumotlari sohasida qöllab-quvvatlamoqda.
Saudiya vakili xalqaro savdo yöllari xavfsizligini taminlaş faqat AQŞning masuliyati bölib qolmasligi kerakligini urğulagan.
“Bunda butun dunyo iştirok etişi kerak”, deydi u.
Joriy yilning noyabr oyida Ar-Riyodda Fors körfazi arab davlatlari hamkorlik kengaşi va Yevropa Ittifoqining uçraşuvi ötkazilişi rejalaştirilgan. Turki tomonlar qariyb 30 yildan beri muzokaralari davom etayotgan savdo bitimini nihoyat imzolay olişlariga umid qilmoqda.
Uning sözlariga köra, bunday kelişuv tomonlar örtasida xavfsizlik sohasidagi hamkorlikni kengaytirişda birinçi qadam bölişi mumkin.
Eslatib ötamiz, avvalroq Yamandagi Saudiya Arabistoni boşçiligidagi koalitsiya Eron qöllab-quvvatlaydigan husiylar tomonidan Riyod tomon uçirilgan ikki dronni uşlab qolganini malum qilgandi. Şuningdek, Yaman Vakillar palatasi onlayn majlisda Yaman Prezidentlik kengaşi yetakçisi Raşad al-Alimi tomonidan husiylarga qarşi turiş uçun umumiy safarbarlik elon qiliş böyiça kiritilgan iltimosnomani maqullagan edi.