USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Saudiya muftiysi husiylarga qarşi keskin bayonot elon qildi

130 марта
Саудия муфтийси ҳусийларга қарши кескин баёнот эълон қилди

Saudiya Arabistonining Boş diniy ulamosi mamlakat harbiylarini Eron qöllab-quvvatlayotgan husiylarga qarşi jangda jonini fido qilişga tayyor turişga çaqirdi. Bu haqda Saudiya davlat axborot agentligi xabar qildi.

Qayd etilişiça, Saudiya Boş muftiysi şayx Solih bin Favzon al-Favzonning kam uçraydigan va keskin bayonoti mamlakat çegaralarida xizmat qilayotgan harbiylarga qaratilgan. Unda Quron oyatlari hamda Muhammad payğambarning qurbonlik va Alloh yölidagi kuraşga oid hadislaridan keng foydalanilgan.

Bayonot Saudiya Arabistoni va husiylar örtasida bir neça haftadan beri kuçayib borayotgan zöravonliklar fonida yangradi. Husiylar Saudiya hududiga raketalar va dronlar orqali zarbalar bergan, Saudiya esa bunga havo hujumlari bilan javob qaytargan.

Şu bilan birga, Saudiya qöllab-quvvatlayotgan Yaman hukumati kuçlari bilan birgalikda keng kölamli harbiy operatsiya boşlanişi mumkinligi haqida savollar paydo bölgan.

“Bu buyuk mamlakatni himoya qiliş va uning hududining hatto bir qariçiga qöl tekkizmoqçi bölgan har qanday kişini jazolaş eng buyuk vazifalar va Allohning roziligi yölida bajariladigan eng savobli amallardan bölib, bu yölda jon va ruhlar fido qilinişi mumkin”, deyilgan keça, 24 sentyabr kuni keçqurun elon qilingan bayonotda.

Bayonotda Saudiya qöllab-quvvatlayotgan va xalqaro hamjamiyat tomonidan tan olingan Yaman hukumati hokimiyatini mamlakatning butun hududida tiklaş eng dolzarb vazifalardan biri ekani aytilgan.

Yaman hukumati kuçlari ikki hafta oldin strategik ahamiyatga ega Bob al-Mandab böğozi ustidan nazoratni husiylarga boy bergan. Bu Saudiya uçun jiddiy zarba bölgan, çunki mamlakat 2015 yildan buyon Yamandagi mojaroga aralaşib kelmoqda. Öşa yili Saudiya Arabistoni husiylarni Yaman poytaxti Sanodan siqib çiqariş maqsadida harbiy operatsiya boşlagan, biroq operatsiya maqsadiga erişilmagan.

Yamandagi sönggi janglar mamlakatda 12 yildan beri davom etayotgan fuqarolik uruşidagi navbatdagi keskinlaşuv böldi. Mojaro 2022 yilda nisbatan muzlatilgan edi, biroq hozir yana kuçayib, Eron bilan boğliq kengroq mintaqaviy uruşga çambarças boğlandi.

“Alloh taolodan barçangizga yordam berişini, mamlakatlarimiz va sevimli Yamanni har qanday zarardan asraşini söraymiz. Şuningdek, husiylar guruhi va uni qöllab-quvvatlayotganlarga töliq mağlubiyat keltirişini söraymiz”, deyilgan bayonotda.

Boş muftiyning maktubi sunniy mazhabidagi Saudiya Arabistoni hukumati tomonidan husiylarni obrösizlantirişga qaratilgan diniy mazmundagi bayonotlar kuçayib borayotgan bir paytda yangradi. Husiylar islomning boşqa mazhabiga amal qiladi.

Saudiya davlat telekanallari sönggi haftalarda husiylar mamlakat janubidagi masjidga zarba bergani haqidagi videolarni namoyiş qildi. Saudiya rasmiylari, şuningdek, husiylarni Makkaga, yani islomdagi eng muqaddas şaharga hujum qilişda ayblagan.

“Front çiziğida xizmat qilayotgan birodarlar, öz vazifangizni bajarişga doimo tayyor turişingiz, hukmdorlar va harbiy qömondonlarga böysunişingiz hamda berilgan buyruqlarni öta aniqlik bilan bajarişingiz lozim”, deyilgan Boş muftiy bayonotida.

Unda, şuningdek, saudiyalik harbiylar “Payğambar sahobalarining izidan borayotgani va musulmonlarning muqaddas qadamjolarini himoya qilayotgani” takidlangan.

Eslatib ötamiz, Saudiya Arabistoni joriy yil 15 sentyabr kuni mamlakatning bir qator hududlarida, jumladan muqaddas Makka şahri va mamlakatning ikkinçi yirik şahri Jiddada xavfsizlik ogohlantirişlarini elon qilgandi.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: