USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Tört yillik sulhdan söng husiylar Saudiyaga raketa hujumi qildi

140 марта
Тўрт йиллик сулҳдан сўнг ҳусийлар Саудияга ракета ҳужуми қилди

Yamandagi husiylar harakati Saudiya Arabistoni nazoratidagi hududga raketa hujumi uyuştirdi. Bu 2022 yil mart oyida kuçga kirgan norasmiy sulhdan keyin husiylar tomonidan Saudiyaga qarşi amalga oşirilgan ilk hujum böldi. Bu haqda “Reuters” xabar berdi.

Husiylar Saudiya Arabistonini özlari nazoratidagi aeroportni bombardimon qilganlikda ayblab, keça, 13 iyul kuni qirollikka raketa hujumi uyuştirgan. Bu esa Saudiya va Eron qöllab-quvvatlaydigan husiylar örtasida tört yil davom etgan nisbiy tinçlikni buzdi.

Saudiya boşçiligidagi harbiy koalitsiya vakili X ijtimoiy tarmoğida qirollik janubiy hududiga qarata uçirilgan “terrorçi husiylar militsiyasi” raketalari havo mudofaa tizimlari tomonidan yöq qilinganini malum qilgan. Saudiya hukumati esa uşbu voqealar yuzasidan hozirça rasmiy izoh bermagan.

Husiylar harbiy vakili Yahyo Sarening aytişiça, nişon Saudiyaning Yaman bilan çegaradoş toğli janubiy viloyati markazi Abha şahridagi xalqaro aeroport bölgan.

Husiylar 13 iyul kuni ertalab Saudiyani Sano xalqaro aeroportini havodan bombardimon qilganlikda ayblab, buni “oçiq agressiya” deb atagan va deeskalatsiya davri yakunlanganini bildirgan. Şuningdek, ular Sano aeroportiga qöyilgan “qamal” bekor qilinmagunça aviakompaniyalarni Saudiya havo hududi orqali parvoz qilmaslikka çaqirgan.

Sano aeroportiga berilgan zarbalarni Saudiya tomonidan qöllab-quvvatlanadigan va xalqaro hamjamiyat tan olgan Yaman hukumati öz zimmasiga olgan. Yaman Mudofaa vazirligining malum qilişiça, Eron samolyoti mamlakat suverenitetini buzgan holda qönişining oldini oliş maqsadida Sano xalqaro aeroporti uçiş-qöniş yölagi nişonga olingan.

Vazirlik mamlakat havo hududini buzgan har qanday duşman samolyotiga qarşi “barça mavjud vositalar” bilan javob qaytarilişini bildirib, bu holat uçun Eronni masul deb atagan.

Eslatib ötamiz, sönggi marta Eron qöllab-quvvatlaydigan yamanlik husiylar ballistik raketalar yordamida Isroil obektlariga hujum qilgan edi. 

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: