Husiylar uruşga qöşildi. Guruh Isroilga hujum qildi
29-03-2026, 14:40
216 марта

Husiylar uruşga qöşildi. Guruh Isroilga hujum qildi
Bugun, 28 mart kuni Eron qöllab-quvvatlaydigan yamanlik husiylar ballistik raketalar yordamida Isroil obektlariga hujum qildi. Bu haqda husiylar vakili, brigada generali Yahyo Saria malum qildi.Bu AQŞ fevral oyi oxirida Eron bilan uruş boşlaganidan beri guruh tomonidan yöllangan ilk zarbalardir.
“Zarbalar avvalgi bayonotda aytilgan maqsadlarga erişilmagunça va qarşilik körsatiş frontlariga nisbatan tajovuz töxtamagunça davom etadi”, deydi Saria.Bundan avval, 27 mart kuni general yamanlik husiylarning Isroil bilan uruşga kirişga tayyorligini takidlagan.
“Biz töğridan töğri harbiy aralaşuvga tayyorligimizni tasdiqlaymiz”, degan u.Şuningdek, general agar Eronga qarşi kuraşda AQŞ va Isroilga yangi ittifoqçilar qöşilsa yoki Qizil dengiz Eronga qarşi “duşmanona amaliyotlar” uçun işlatilsa, husiylar harbiy harakatlarni boşlaşini qöşimça qilgan.
Yahyo Sarianing sözlariga köra, husiylar bugun, 28 mart kuni Isroil janubidagi harbiy obektlarga zarbalar bergan.
Isroil Mudofaa armiyasi (TsAXAL) özining Telegram-kanalida havo hujumidan mudofaa tizimlari Yamandan otilgan raketalarni tutib olayotganini malum qilgan.
“TsAXAL Yamandan Isroil hududiga raketa uçirilganini qayd etdi. Havo hujumidan mudofaa tizimlari tutib oliş rejimida işlamoqda”, deyiladi bayonotda.