USD: 11,942 söm ▼ EUR: 13,383 söm ▼ RUB: 148 söm ▼ GBP: 16,017 söm ▼ CNY: 1,796 söm ▼ KZT: 26 söm ▼ TRY: 239 söm ▼ AED: 3,251 söm ▼ USD: 11,942 söm ▼ EUR: 13,383 söm ▼ RUB: 148 söm ▼ GBP: 16,017 söm ▼ CNY: 1,796 söm ▼ KZT: 26 söm ▼ TRY: 239 söm ▼ AED: 3,251 söm ▼

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

“Isroil yana hujum qilsa, AQŞ bilan uruşga kirişamiz” — Eron generali

243 марта

“Isroil yana hujum qilsa, AQŞ bilan uruşga kirişamiz” — Eron generali

Eronlik general Muhsin Rizoiy agar Isroil uning mamlakatiga qarşi yangi hujum boşlasa, Eron AQŞ bilan uruşga kirişişidan ogohlantirdi. Bu haqda Iran International xabar berdi.
“Sionistlar (Isroil) Eronga qarşi yana bir bor omadini sinab körmoqçi. Biroq, yaqin orada Isroil içida şunday voqealar sodir böladiki, bu ularning rejalarini amalga oşirişni imkonsiz qiladi. Hozirça bu haqda gapiriş örinli emas”, dedi general mayor Muhsin Rizoiy davlat televideniyesiga.
​Uning bayonoti BMT tomonidan Eronga qarşi sanksiyalar “snapback” mexanizmi orqali tiklanganidan keyin, Isroil xavfsizlik holatini kuçaytirgan paytga töğri keldi.
Rizoiyning takidlaşiça, Tehron Isroilga öz pozitsiyasini mustahkamlaş uçun vaqt beradigan Ğarb davlatlari bilan keyingi muzokaralarni qabul qilmaydi.

“Isroilga vaqt beriş yoki uni kuçaytiriş maqsadidagi muzokaralarni mutlaqo qabul qilib bölmaydi. Agar şunday bölsa, Isroil uruş boşlaşi bilan biz ham Qöşma Ştatlar bilan uruşga kirişamiz”, dedi general.
Rizoiy muzokaralarga kirişilgan taqdirda, bu Eronga qarşi işlatilmasligi kerakligini aytdi.

“Aks holda, biz javob qaytaramiz; nafaqat Isroilga, balki mintaqadagi Amerika obektlariga ham”, deya xulosa qildi u.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: