AQŞ dengiz piyodasi Yaponiyada odam öldirişda gumonlanib hibsga olindi
Bugun, 4 oktyabr kuni Yaponiyada AQŞ dengiz piyodasi Okinava orolida sodir bölgan deb taxmin qilinayotgan mahalliy aholi vakiliga nisbatan bosqinçilik va qotillik jinoyatida gumonlanib qölga olindi. Bu haqda CNN xabar berdi.
Okinava politsiyasi malumotlariga köra, keça, 3 oktyabr kuni ertalab Okinava orolining Naxa şahridagi mehmonxona xonasida 39 yoşli ayol hayot belgilarisiz topilgan va hodisa joyida vafot etgan. Politsiya, şuningdek, ayolning öldirilganini malum qilgan.
Idoraning qöşimça qilişiça, 20 yoşli dengiz piyodasi ham uşbu orolda joylaşgan Futenma aviabazasida xizmat qilgan. Kuzatuv kameralaridagi yozuvlarda soçi olingan çet ellik erkak ayol bilan birga mehmonxona xonasiga kirgani, söng uning buyumlarini olib, binoni tark etgani aks etgan. AQŞning Yaponiyadagi elçixonasi mazkur hodisaga X ijtimoiy tarmoğida munosabat bildirdi.
“Biz Okinava prefekturasida Yaponiya fuqarosining ölimi bilan boğliq holda AQŞ harbiy xizmatçisi qölga olinganidan xabardormiz. Qöşma Ştatlar hukumati nomidan halok bölgan ayolning oilasiga samimiy hamdardlik bildiramiz.
Hozirda sodir bölgan voqeaning barça tafsilotlarini aniqlaş böyiça tergov harakatlari olib borilmoqda va AQŞ hukumati Yaponiya hukumati hamda mahalliy hokimiyat organlariga yaqindan hamkorlikda kömaklaşişni davom ettiradi”, deyiladi xabarda.
Yaponiya Boş vaziri Sanae Takaiçi X ijtimoiy tarmoğida Yaponiya Amerika tomoniga keskin etiroz bildirganini malum qilgan.
“Okinava prefekturasining Naxa şahrida sodir bölgan tönaş va qotillik işi böyiça jabrlanuvçining ölimi munosabati bilan hamdardlik bildiraman.
Mazkur hodisaga kelsak, Okinava prefekturasi politsiyasi tomonidan tergov harakatlari davom etmoqda, biroq bugun men AQŞ Dengiz piyodalari korpusi harbiy xizmatçisi hibsga olinganini bildim.
Nihoyatda şafqatsiz va ğarazli xususiyatga ega uşbu hodisa çuqur afsus uyğotadi. Yaponiya hukumati Amerika tomoniga keskin etiroz bildiradi. Biz tergovda maksimal darajada kömaklaşişni, AQŞ harbiy xizmatçilari örtasida intizomni qatiy saqlaşni va bu kabi hodisalar takrorlanişining oldini olişni qatiy talab qilamiz.
Hukumat sodir bölgan voqeaga tegişli munosabat bildirişni taminlaş uçun bor imkoniyatini işga soladi”, deyiladi Boş vazir bayonotida.
Malumot uçun, Yaponiyada AQŞning Şimoliy-Şarqiy Osiyodagi eng yirik harbiy kontingenti joylaşgan bölib, bu iştirok 1960 yilda imzolangan “Özaro hamkorlik va xavfsizlikni taminlaş töğrisida”gi şartnomaga asoslanadi. Hozirda mamlakat böylab 85 tadan ortiq yirik va kiçik harbiy obektlar mavjud bölib, ularda 50 ming atrofida amerikalik harbiy xizmatçilar doimiy asosda faoliyat yuritadi. Bazalarning va harbiylarning yarmidan köpi Okinava prefekturasida töplangan, xususan, “Kadena” aviabazasi va “Futenma” dengiz piyodalari bazasi eng yirik obektlar qatoriga kiradi, biroq bu mahalliy aholi orasida doimiy norozilik va ijtimoiy keskinliklarni keltirib çiqaradi. Bundan taşqari, Yokosuka şahrida AQŞ Harbiy-dengiz kuçlarining 7-floti bazasi joylaşgan bölib, u AQŞning mamlakat taşqarisidagi eng yirik dengiz bazasi va atom aviataşuvçi kemalari töxtaş joyi hisoblanadi.