“Benfika” xodimi narkotik savdosiga aloqadorlikda gumonlanib hibsga olindi
“Benfika” klubi xodimi, 46 yoşli Joau Paulu Santos kokain savdosi tarmoğiga aloqadorlikda gumonlanib, hibsga olindi. U sudga qadar qamoqda saqlanmoqda. Bu haqda “Correio da Manhã” naşri xabar berdi.
Naşrning xabar berişiça, politsiya joriy yilning 11 sentyabr kuni Santosni hibsga olgan.
Naşr malumotlariga köra, Giyohvand moddalar savdosiga qarşi kuraş milliy bölinmasi (UNCTE) mazkur işni qariyb tört oy davomida tergov qilgan.
Taxmin qilinayotgan sxema Janubiy Amerikadan kelgan samolyotlar Lissabon aeroportiga qönganidan söng odatiy yuklarni yiğiş va tekşiriş tartiblarini çetlab ötib, samolyotlardan kokain solingan çemodanlarni olib çiqişni öz içiga olgan.
Tergov hali ham davom etmoqda. Operatsiyaga aloqadorlikda gumon qilingan yana ikki kişi hibsga olingan. Ular dastlabki sud muhokamasi uçun sudga olib kelinganidan söng, har ikkisi ham qamoqqa olingani malum qilindi.