USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Moskvaga yetib borişga qodir raketa tez orada tayyor böladi – Zelenskiy

111 марта
Москвага етиб боришга қодир ракета тез орада тайёр бўлади – Зеленский

Ukraina armiyasi Rossiya armiyasining yangi taktikasiga javoban Rossiya neftni qayta işlaş zavodlariga beriladigan zarbalarni kuçaytiradi. Bu haqda Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy “Reuters”ga bergan intervyusida söz oçdi. 

Uning sözlariga köra, Ukraina maxsus xizmatlari Rossiya Prezidenti Vladimir Putin qiş oldidan ança kengroq fuqarolik obektlari doirasiga havo zarbalari berişni közda tutuvçi “yangi doktrina”ni tasdiqlaganini isbotlovçi hujjatlarni qölga kiritgan.

“Biz hujjatlarni kördik va infrastruktura hamda logistikaga zarbalar berişga, eng muhimi – şahar va qişloqlarga hujum qilişga, hamma joyga: yöllarga, maktablarga, şifoxonalarga zarba berişga ruxsat berilganini bilamiz. Odamlarni poytaxt va boşqa şaharlarni tark etişga majbur qiliş – uşbu operatsiyaning maqsadi ana şundan iborat”, deydi Zelenskiy.

Qayd etiş joiz, oxirgi hafta davomida Kiyev uzluksiz raketa va dronlar hujumiga uçramoqda. Energetika va aloqa obektlari, yöl va temir yöl infratuzilmasi zarba ostida qoldi. Bundan taşqari, Rossiya ilk bor Kiyevning ikki qismini boğlab turuvçi Dnepr orqali ötgan köpriklarga zarba bermoqda. Keça, 3 oktyabr kuni Rossiya TIV bayonot elon qilib, unda Rossiya tomoni may oyidayoq “Kiyevda bölib turgan xorij fuqarolari va diplomatlarini şaharni tark etişga, Ukrainaga safar qilişdan voz keçişga çaqirgani” aytilgan edi.

“Şuni takidlaymizki, hamma ham uşbu ogohlantirişlarga quloq tutgani yöq va öz hayotlarini ongli ravişda ölim xavfi ostiga qöymoqda. Kiyevda köplab elçixonalar işlamoqda, Ukrainaga taşrif bilan xorijiy rasmiy şaxslar kelmoqda. Rossiya Federatsiyasi Qurolli kuçlari ommaviy qasos zarbalarini berişni davom ettiradi”, deyiladi bayonotda.

FP-9 raketasi

Zelenskiy “Reuters”ga bergan intervyusida, şuningdek, Ukrainaning Fire Point kompaniyasi tomonidan işlab çiqilayotgan uzoq masofaga möljallangan FP-9 ballistik raketasi şu kuzdayoq tayyor bölişini malum qildi. Işlab çiqaruvçi raketaning uçiş masofasi 855 kmgaça, jangovar qismining oğirligi esa 800 kggaça ekanini bildirmoqda. Şu tariqa, FP-9 Moskvagaça yetib boriş imkoniyatiga ega böladi.

Eslatib ötamiz, avvalroq Ukraina mahalliy işlab çiqilgan FP-7 taktik ballistik raketasini ilk bor jangovor şaroitda qöllagani haqida xabar berilgan edi.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: