Ukraina Rossiya içkarisiga zarbalarni köpaytiradi – Zelenskiy
Ukraina harbiy rahbariyati “Rossiya hujumlariga javoban uzoq masofaga harakat qiluvçi qurollardan foydalangan holda” yangi operatsiyalarni kelişib oldi. Bu haqda bugun, 19 sentyabr kuni mamlakat Prezidenti Vladimir Zelenskiy Ukraina Qurolli kuçlari boş qömondoni Mixail Drapatiy va Mudofaa vaziri Yevgeniy Xmara bilan uçraşuvdan söng malum qildi.
“Uzoq masofalarga zarba beriş imkoniyatlarimizni kengaytirişga tayyorlayapmiz”, deydi Ukraina yetakçisi.
U boşqa tafsilotlarni oçiqlamagan.
Malumot uçun, yil boşidan beri Ukraina Qurolli kuçlari Rossiyaning yonilği-energetika majmuasi obektlariga zarbalarni köpaytirdi. Sentyabr oyiga kelib, Ukraina dronlari neftni qayta işlaş zavodlarini (NQZ) kamida 70 marta nişonga oldi, buning oqibatida mamlakatda neftni qayta işlaş hajmi sönggi ikki dekadadagi eng past darajaga tuşib ketdi va bu benzinning ötkir tanqisligiga hamda yonilği quyiş şoxobçalarida çeklovlar joriy etilişiga olib keldi. Şuningdek, Ukraina Qurolli kuçlari harbiy zavodlar, port infratuzilmasi va “soyadagi flot” kemalariga zarbalar bermoqda.
Eslatib ötamiz, joriy yilning 14 sentyabr kuni AQŞ Prezidenti Donald Tramp Ukraina va Rossiya energetika obektlariga hujumlarni töxtatişga rozi bölganini elon qildi. U Ukraina Qurolli kuçlarining neftni qayta işlaş zavodlariga bergan zarbalari jahon bozorida dizel yonilğisi va boşqa neft mahsulotlarining tanqisligini keltirib çiqarganini takidladi.
Zelenskiy Rossiyaga energetik sulh uçun obektlar röyxatini “stolga qöyişni” taklif qilgan edi. Kremlda Trampning taşabbusini oşkora ravişda “yaxşi ğoya” deb ataşdi, biroq “Financial Times” manbalari Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putin bunday bitim tuzişni xohlamaganini, çunki Ukraina energetikasiga berilayotgan zarbalar Kiyevni yon berişga majbur qilişi mumkin deb hisoblaşini bildirgan.