Ukraina Rossiyaning içkarisiga zarbalarni köpaytiradi – Zelenskiy
28-10-2025, 10:58
240 марта

Ukraina Rossiyaning içkarisiga zarbalarni köpaytiradi – Zelenskiy
Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy mamlakat kuçlari Rossiya hududining içkarisiga qaratilgan zarbalarni kengaytirişga tayyorlanayotganini malum qildi. Bu haqda u özining Telegram-kanalida yozib qoldirdi.Zelenskiyning aytişiça, bu masala keça, 27 oktyabr kuni Oliy boş qömondon ştabi yiğilişida muhokama qilingan.
“Asosiy mavzu – Rossiyaga nisbatan uzoq muddatli sanktsiyalar qöllaş imkoniyati edi. Biz muayyan davr içida amalga oşirilgan zarbalar samaradorligini tahlil qildik. Rossiyaning neftni qayta işlaş sohasi allaqaçon uruş uçun ança katta narx tölamoqda va bu narx yanada oşadi. Endi esa uzoq masofali zarbalarimizni yanada keng hududda amalga oşiriş vazifalari belgilandi”, deya yozgan Zelenskiy.Prezidentning sözlariga köra, yiğilişda ilk bor uzoq masofali qurollar – dron, raketa işlab çiqaruvçilar, ularni amalda qöllaş va moliyalaştiriş uçun masullar, şuningdek diplomatlar bir joyda töplangan. Eng samarali işlab çiqaruvçilar bilan uç yillik uzoq muddatli şartnomalar imzolanmoqda va ularning soni ortib boradi.