Ukraina Rossiya aerodromlarini bombaladi
Ukraina dronlari Rossiyaning Yaroslavl viloyatidagi neftni qayta işlaş zavodi va Rostov-Dondagi harbiy aerodromga zarba berdi. Bu haqdagi videoni bugun, 17 sentyabr kuni Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy özining Telegram-kanalida elon qildi.
Zelenskiyning aytişiça, hujum Ukraina Xavfsizlik xizmati, Maxsus operatsiyalar kuçlari, Boş razvedka boşqarmasi va Taşqi razvedka xizmati hamkorligida amalga oşirilgan. Rostovdagi aerodromda 2 ta An-26 va 1 ta An-12 transport samolyoti, şuningdek, 3 ta vertolyot şikastlangan.
Keyinçalik Ukraina Boş ştabi ham hujum tafsilotlarini malum qilgan. Unga köra, Rostov-Don şahridagi “Markaziy” harbiy aerodrom hududida yonğin va keyinçalik portlaş sodir bölgan. Şuningdek, Yaroslavl viloyatidagi “Slavneft-YaNOS” neftni qayta işlaş zavodining neftni birlamçi qayta işlaş qurilmasida zarar va yonğin qayd etilgan.
Malumot uçun, “Slavneft-YaNOS” Rossiyadagi eng yirik neftni qayta işlaş korxonalaridan biri hisoblanadi. Zavod yiliga qariyb 15 mln tonna neftni qayta işlaş quvvatiga ega bölib, avtomobil benzini, dizel va aviatsiya yoqilğisi, mazut, bitum hamda boşqa neft mahsulotlarini işlab çiqaradi.
Ukraina Boş ştabi korxona Rossiya qurolli kuçlari ehtiyojlarini taminlaşda iştirok etişini bildirgan.
Eslatib ötamiz, avvalroq Rossiya harbiylari Ukrainaning Dnepropetrovsk viloyati Nikopol tumanida yölovçi avtobusiga dron orqali zarba bergan edi.