Ukraina Rossiyaning yana bir yirik neft zavodini bombaladi. Qurbonlar bor
Bugun, 25 avgustga ötar keçasi Ukraina dronlari Rossiyaning Krasnodar ölkasidagi Afipskiy posyolkasiga hujum qildi. Hujum oqibatida ikki kişi halok bölib, yana ikki kişi jarohatlandi. Bu haqda RBK xabar berdi.
Qayd etilişiça, hujumdan söng Afipskiy neftni qayta işlaş zavodi hududida yonğin çiqqan. Krasnodar ölkasi gubernatori Veniamin Kondratevning malum qilişiça, hodisa joyida yonğin öçiruvçilar va tezkor xizmatlar işlamoqda.
Dron qoldiqlari Afipskaya temiryöl stantsiyasining hududiga ham qulagan. Oqibatda kamida 10 ta xususiy uy zarar körgan. Ularning birida yonğin çiqqan.
Şuningdek, 25 avgustga ötar keçasi Krasnodar ölkasida dron va raketa xavfi elon qilingan. Dron xavfi ikki soatdan sal köproq, raketa xavfi esa qariyb 30 daqiqa davom etgan.
Xabarlarga köra, zavod avval ham Ukraina dronlari hujumiga bir neça bor uçragan.
Malumot uçun, Afipskiy neftni qayta işlaş zavodi Rossiyaning janubidagi eng yirik neftni qayta işlaş korxonalaridan biri hisoblanadi. Uning yillik neftni qayta işlaş quvvati 6,25 million tonnani taşkil etadi. Zavodda dizel yonilğisi, benzin, mazut va boşqa neft mahsulotlari işlab çiqariladi.
Eslatib ötamiz, avvalroq Ukraina Rossiyaning Perm şahridagi “Lukoyl-Permnefteorgsintez” neftni qayta işlaş zavodiga dronlar bilan hujum qilgan edi.