USD: 11,987 söm ▲ EUR: 13,393 söm ▼ RUB: 146 söm ▼ GBP: 16,060 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 27 söm ▲ TRY: 240 söm ▲ AED: 3,264 söm ▲ USD: 11,987 söm ▲ EUR: 13,393 söm ▼ RUB: 146 söm ▼ GBP: 16,060 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 27 söm ▲ TRY: 240 söm ▲ AED: 3,264 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Wildberries yana nişonda: Ukraina bu safar Voronejdagi omborni bombaladi

63 марта
Wildberries яна нишонда: Украина бу сафар Воронеждаги омборни бомбалади

Ukraina dronlari bugun, 11 avgustga ötar keçasi Rossiyaning Voronej viloyatiga hujum qildi. Zarba oqibatida 1 kişi halok böldi, yana 2 kişi jarohatlandi. Bu haqda viloyat gubernatori Aleksandr Gusev malum qildi.

Uning sözlariga köra, 11 avgustga ötar keçasi Novousmanskiy tumanida köçada bölgan 49 yoşli erkak dron hujumi oqibatida oğir yaralangan va keyinçalik şifoxonada vafot etgan. Yana ikki kişi jarohatlangan. Ulardan biri hujum vaqtida köçada, ikkinçisi esa yirik logistika markazi hududida bölgan.

Voronej viloyati gubernatori Aleksandr Gusevning malum qilişiça, şu tumandagi yirik kompaniyaning ikkita omborida ham yonğin çiqqan. Biroq gubernator kompaniya nomini oçiqlamagan.

Wildberries kompaniyasi hujum kompaniyaning logistika obektlariga qaratilganini malum qilgan. Matbuot xizmati xabariga köra, xodimlar xavfsizlik talablariga muvofiq evakuatsiya qilingan.

Malumot uçun, Wildberries’ning Voronej viloyati Novousmanskiy tumanidagi Aleksandrovka qişloğida taqsimlaş markazi mavjud. Kompleks maydoni 152,9 ming kvadrat metrni taşkil etadi. Markaz omborlarida 90 milliondan ortiq tovarni saqlaş imkoni bor.

Gusevning sözlariga köra, tun davomida Voronej şahri va viloyatning beş tumanida Rossiya havo mudofaa kuçlari 15 ta Ukraina dronini yöq qilgan.

Bundan taşqari, Orenburg viloyatida ham dronlar hujumi xavfi elon qilingan. 11 avgustga ötar keçasi viloyat gubernatori Yevgeniy Solntsev dronlar hujumi xavfi haqida ogohlantirgan va aeroport faoliyati vaqtinça töxtatilganini malum qilgan.

Eslatib ötamiz, avvalroq Rossiyaning Tver viloyatida havo hujumiga qarşi mudofaa kuçlari qaytargan dron qoldiqlari Wildberries logistika markazining fasadiga zarar yetkazgan edi.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: