USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

18-hujum: Ukraina yana Wildberries omborlaridan birini bombaladi

119 марта
18-ҳужум: Украина яна Wildberries омборларидан бирини бомбалади

Ukraina dronlari bugun, 3 avgust tongida Rossiyaning Vladimir viloyatida joylaşgan Wildberries marketpleysining logistika markaziga yana zarba berdi. Bu haqda kompaniya axborot xizmati xabar qildi.

Qayd etilişiça, hujum oqibatida logistika markazi binosida yonğin çiqqan. Kompaniya malumotiga köra, barça xodimlar evakuatsiya qilingan. Dastlabki malumotlarga köra, hodisa vaqtida heç kim jabrlanmagan.

Vladimir viloyati gubernatori Aleksandr Avdeyevning aytişiça, dronlar Sobinsk tumanidagi omborga hujum qilgan. Uning sözlariga köra, hujum oqibatida vayronalar va yonğin yuzaga kelgan, bir kişi jarohat olgan.

Ukraina monitoring Telegram-kanallari guvohlar videolariga tayanib, gap Vladimir viloyati Xryastovo qişloği yaqinida joylaşgan “Vladimir – Vorşinskoye” logistika markazi haqida ketayotganini bildirgan.

Iyul oyi örtalaridan buyon Ukraina dronlari Rossiyadagi eng yirik marketpleys Wildberries'ning omborlari va logistika markazlariga deyarli har kuni zarba bermoqda. Vladimir viloyatidagi obekt kompaniyaning hujumga uçragan 18-logistika markaziga aylandi.

Ukraina tomoni bu kabi hujumlarni mazkur ombor va logistika markazlari dronlar hamda navigatsiya uskunalari işlab çiqarişda qöllaniladigan sanktsiya ostidagi butlovçi qismlarni yetkazib berişda foydalanilayotgani bilan izohlab kelmoqda.

Eslatib ötamiz, avvalroq Wildberries asosçisi va boş direktori Tatyana Kim Ukraina dronlarining kompaniya logistika obektlariga qilgan hujumlari oqibatida Özbekiston va boşqa bir qator mamlakatlar tadbirkorlari milliardlab zarar körganini malum qilgandi.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: