Wildberries yana Ukraina hujumiga uçradi
Ukraina bugun, 31 iyul kuni Rossiyaning Volgograd viloyatidagi energetika obektlaridan biriga hamda Wildberries kompaniyasiga tegişli logistika markaziga zarba berdi. Hujumlar oqibatida obektlarda yonğin yuz bergan. Bu haqda “The Moscow Times” xabar qildi.
Volgograd viloyati gubernatori Andrey Boçarovning aytişiça, tungi hujum oqibatida kamida beş kişi jarohat olgan. Biroq u zarba berilgan energetika obektining nomini oçiqlamagan.
NASA’ning FIRMS yonğin monitoringi tizimi Volgograd şahri janubida joylaşgan “Lukoyl” kompaniyasi tasarrufidagi yirik neftni qayta işlaş zavodi hududida bir neçta yirik yonğin öçoqlari qayd etilganini körsatgan.
Wildberries Ukraina dronlari hujumidan söng Volgograddagi logistika markazlaridan birida yonğin çiqqanini tasdiqlagan. Kompaniya hodisa oqibatida jabrlanganlar yöqligini bildirgan.
Qöşni Rostov viloyatida esa gubernator Yuriy Slyusar Gukovo şahriga uyuştirilgan dron hujumi oqibatida bir ayol jarohatlanganini malum qilgan.
Rossiya Mudofaa vazirligi keça, 30 iyul oqşomidan 31 iyul tongigaça Rossiya hududi va anneksiya qilingan Qrim ustida 371 ta Ukraina droni urib tuşirilganini malum qilgan.
Ukraina Wildberries kompaniyasini Rossiya armiyasiga dronlar uçun ehtiyot qismlar va boşqa jihozlarni yetkazib berişda kömaklaşayotganlikda ayblamoqda. Kompaniya esa bu ayblovlarni rad etib kelmoqda.
Eslatib ötamiz, joriy yilning 29 iyul kuni Ukraina dronlari Rossiyaning Perm, Ryazan va Taganrog şaharlari, şuningdek, Qrim yarimorolidagi neftni qayta işlaş zavodlari va Wildberries logistika obektlariga zarba bergan edi.
Uşbu hujumlar ortidan Wildberries Qozoğistonda 100 ming kvadrat metrgaça ombor maydonlarini qidirayotgani haqida xabar berilgan edi.