Wildberries nişonda: Ukraina yana kompaniya omborini bombaladi
Ukraina dronlari Rossiyaning Perm, Ryazan va Taganrog şaharlari, şuningdek, Qrim yarimoroldagi neftni qayta işlaş zavodlari va Wildberries logistika obektlariga zarba berdi. Bu haqda Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy hamda Rossiya mahalliy rasmiylari malum qildi.
Zelenskiy öz bayonotida mamlakat kuçlari Perm va Ryazan şahridagi neftni qayta işlaş zavodlari, Ryazandagi logistika markazi, Rostov viloyatidagi eksport terminali va harbiy korxona, şuningdek, Qrimdagi dengiz bazasiga zarba berganini malum qilgan.
Rossiyaning mahalliy rasmiylari ham hujumlar sodir bölganini tasdiqlagan. Xususan, Ryazan viloyati gubernatori Pavel Malkovning bildirişiça, sanoat obektlarida yonğinlar yuz bergan, 6 kişi tibbiy yordamga murojaat qilgan. Wildberries esa Ryazandagi ombori evakuatsiya qilinganini va u yerga tovar qabul qiliş vaqtinça töxtatilganini malum qilgan.
Şuningdek, Perm viloyati gubernatori Dmitriy Maxonin Ukraina dronlari sanoat obektiga zarba berganini, ammo qurbonlar yöqligini aytgan. Rostov viloyati gubernatori Yuriy Slyusar esa Taganrogda raketa parçalari köp qavatli uyga tuşişi oqibatida bir ayol halok bölgani, bir erkak jarohatlanganini malum qilgan.
Rossiyaning 2014 yilda Ukrainadan anneksiya qilgan Qrim viloyatida Moskva tayinlagan rahbar Sergey Aksyonovning aytişiça, tungi dron hujumlari oqibatida ikki ikki kişi halok bölgan, beş kişi jarohat olgan.
Malumotlarga köra, Ukraina havo mudofaa tizimidagi “Patriot” kabi tutib qoluvçi raketalar zaxirasi qisqargan bölsa-da, mamlakatning uzoq masofaga zarba beruvçi dronlar işlab çiqarişi Rossiyanikidan yuqori suratlarda rivojlanmoqda. Bu esa Rossiyaning neft infratuzilmasiga hujumlar uyuştiriş va yoqilği taminotiga tasir körsatiş imkonini bermoqda.
Sönggi kunlardagi hujumlar oqibatida Rossiyaning eng yirik onlayn savdo platformasi Wildberries’ning kamida yettita omboriga zarar yetgan. Kompaniya malumotiga köra, bu uning ombor quvvatining taxminan 10 foizini işdan çiqargan hamda platformadan foydalanuvçi ön minglab kiçik tadbirkorlarga zarar yetkazgan.
“Kommersant” naşrining yozişiça, Wildberries Ukraina dronlari hujumlaridan tovarlarini himoya qiliş maqsadida Qozoğistondan 100 ming kvadrat metr ombor maydoni izlamoqda.
Eslatib ötamiz, joriy yilning 18 iyul kuni Ukraina dronlari Wildberries’ning Moskva viloyatidagi Elektrostal va Tambov viloyatidagi Kotovsk logistika markazlariga, 22 iyul kuni Krasnodar va Nevinnomisskdagi omborlariga, 23 iyul kuni Voronej viloyatidagi, 24 iyul kuni Sankt-Peterburg, Leningrad viloyati va Simferopoldagi, 29 iyul kuni esa Ryazan viloyatidagi logistika markaziga hujum uyuştirgan edi.
Ukraina Qurolli kuçlarining Rossiyadagi Wildberries omborlariga uyuştirgan hujumlari oqibatida Qirğizistonning ikki fuqarosi jarohat olgandi.
Şuningdek, Wildberries kompaniyasi Ukraina dronlari hujumi oqibatida yöqotilgan tovarlar uçun sotuvçilarga kompensatsiya tölanişini elon qilgan edi.