Zelenskiy Rossiyaga qarşi maxsus harbiy qömondonlik tuzdi
Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy Rossiya hududidagi strategik obektlarga zarba berişga ixtisoslaşgan yangi harbiy qömondonlik taşkil etilganini elon qildi. Uning aytişiça, mazkur tuzilma Rossiyaning uruş olib boriş salohiyatini, ayniqsa energetika va logistika tizimini izdan çiqarişga qaratilgan. Bu haqda “The Guardian” xabar berdi.
Malum qilinişiça, Zelenskiy keça, 10 iyul kuni “uzoq masofali tasir” qömondonligini taşkil etiş töğrisidagi farmonni imzolagan. Prezidentga köra, yangi qömondonlik mavjud barça resurslarni Rossiyaning uruşni davom ettiriş imkoniyatlarini kamaytirişga safarbar etadi.
Uşbu bayonot Ukraina harbiylari Rossiyaning Krasnodar ölkasidagi Ilsk neftni qayta işlaş zavodi, Leningrad viloyatidagi Ust-Luga neftni qayta işlaş majmuasi hamda Rostov viloyatidagi neft terminali va neft omboriga zarba berganini malum qilganidan söng yangragan.
Ukraina dron kuçlari qömondoni Robert Brovdining aytişiça, sönggi beş kun içida Rossiyaning qariyb 50 ta yonilği taşuvçi kemasiga zarar yetkazilgan. Şundan 10 tasi Azov dengizida harakatlangan tankerlar bölgan.
Bunga javoban Rossiya Don–Azov kanali orqali kemalar harakatini vaqtinça töxtatgan. Şuningdek, Kerç böğozi orqali ötiş uçun yangi arizalarni qabul qiliş ham vaqtinça bekor qilingan. Manbalarga köra, Rossiya buğdoy eksportining qariyb çorak qismi aynan Azov dengizi orqali amalga oşiriladi.
Eslatib ötamiz, avvalroq Rossiya Prezidenti Vladimir Putin yaqin oylarda Ukrainaga qarşi harbiy harakatlarni yanada kuçaytirişi mukminligi haqida xabar berilgan edi.