Ufadagi neft zavodlari dron hujumiga uçrab, yonib ketdi
Bugun, 25 iyun kuni ertalab Ukraina dronlari Rossiyaning Boşqirdiston hududidagi Ufa şahrida joylaşgan “Rosneft” kompaniyasiga tegişli neftni qayta işlaş korxonalariga dron hujumi uyuştirdi. Hujumdan keyin uçta yirik neftni qayta işlaş obektida yonğin yuz bergan. Bu haqda “The Moscow Times” xabar berdi. https://ru.themoscowtimes.com/2026/06/25/v-ufe-posle-udarov-bespilotnikov-zagorelis-tri-krupnih-npz-rosnefti-a199161
Ukraina xavfsizlik xizmati (UXX) malumotlariga köra, hujum maxsus operatsiya diorasida amalga oşirilgan.
“UXXning Alfa maxsus operatsiyalar markazi askarlari Ufadagi Başneft guruhining neftni qayta işlaş zavodlariga muvaffaqiyatli zarba berişdi. Nişonlar Ukraina çegarasidan 1500 kilometr uzoqlikda joylaşgan”, deyiladi bayonotda.
Malumotlarga köra, zarba oqibatida zarar yetgan “Başneft-Novoyl” zavodi yiliga 7,3 million tonna, “Başneft-Ufaneftexim” esa 9 million tonna neftni qayta işlaş imkoniyatiga ega. “Asta” naşrining xabar berişiça, “Başneft-UNPZ” ham hujum nişoniga aylangan bölişi mumkin. Mazkur zavodning yillik neftni qayta işlaş imkoniyati qariyb 7 million tonnaga teng.
UXX malumotlariga köra, hujum oqibatida neftni dastlabki qayta işlaş jarayonini amalga oşiruvçi AVT bloklarida yonğin yuzaga kelgan. Guvohlarning tasvirlari kamida ikkita alohida yonğinni tasdiqlaydi. Internetda tarqalgan videolarda neftni qayta işlaş zavodlari ustida qora tutun kötarilgani köringan.
Boşqirdiston rahbari Radiy Xabirov ham Ufaga dron hujumi bölganini tasdiqlagan. Uning aytişiça, Rossiya harbiylari hujumni qaytarişga uringan va dron qoldiqlari sanoat hududiga tuşgan. Hodisa oqibatida texnologik jarayonlar töxtamagan.
Malumot uçun, “Başneft” kompaniyasi “Rosneft” tarkibiga kirib, bunda Ufaning şimolidagi sanoat hududida bir-biriga yaqin joylaşgan uçta yirik neftni qayta işlaş zavodini boşqaradi.
Avvalroq ham uşbu hududdagi korxonalar dron hujumlariga uçragan. Jumladan, 2026 yil mart oyida Ufaning sanoat zonasida dron hujumi ortidan yonğin çiqqan. Aprel oyida esa “Başneft-Novoyl” zavodining AVT-5 qurilmasiga zarba berilgan.
Ukraina tomoni Rossiyadagi neft infratuzilmalariga hujumlarni uruşni davom ettiriş imkoniyatlarini çeklaş maqsadida amalga oşirilayotganini bildiradi. Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy Ufa neft zavodlari va Kubandagi neft bazasiga qilingan zarbalarni Rossiyaning Ukrainaga qarşi hujumlariga “javob” sifatida baholagan.
Eslatib ötamiz, avvalroq anneksiya qilingan Qrimning ğarbiy va şimoliy qismidagi Yevpatoriya, Jankoy va qator boşqa aholi punktlari hujumga uçragandi va aholi elektrsiz qolgan edi.