Wildberries yana yonmoqda: Ukraina bu safar Sankt-Peterburgdagi omborlarni bombaladi
Rossiyaning Sankt-Peterburg şahri va Leningrad viloyatidagi yana ikkita Wildberries logistika markaziga hujum uyuştirildi, şuningdek, Kirov şahrida Rossiya armiyasi uçun zenit raketalari işlab çiqaradigan “Avitek” zavodi ham zarbaga uçradi. Bu haqda Wildberries matbuot xizmati hamda mahalliy rasmiylar xabar berdi.
Wildberries matbuot xizmati va Leningrad viloyati hokimiyatining malum qilişiça, Sankt-Peterburgning Şuşari posyolkasi hamda Utkina Zavod sanoat hududida joylaşgan kompaniyaning logistika markazlariga hujum qilingan. Leningrad viloyati gubernatori Aleksandr Drozdenkoning bildirişiça, Sankt-Peterburg yaqinidagi omborda uç kişi örtaça oğirlikda jarohat olgan. Hujumdan keyin Wildberries'ning ikki logistika markazi faoliyati vaqtinça töxtatilgan.
Manbalarning qayd etişiça, Şuşaridagi logistika markazi Wildberries'ning Rossiya şimoli-ğarbidagi eng yirik logistika xablaridan biri hisoblanadi. U 2024 yildagi yirik yonğinda deyarli butunlay vayron bölgan, keyinçalik qayta tiklanib, 2025 yilda yana foydalanişga topşirilgan.
Kompaniya matbuot xizmati, şuningdek, anneksiya qilingan Simferopoldagi yana bir saralaş markazi xavfsizlik talablariga muvofiq evakuatsiya qilinganini malum qilgan. Hujumlar ortidan Sankt-Peterburgdagi Pulkovo aeroportida 50 ga yaqin reys keçikkan. Aeroport matbuot xizmati jadvalni tiklaş uçun kuçaytirilgan tartibda iş olib borilayotganini bildirgan.
Telegram manbalari tarqatgan keyingi kadrlarda Şuşari posyolkasidagi Wildberries logistika majmuasi kuçli yonğin içida ekani köringan. Naşrning qöşimça tahliliga köra, Utkina Zavod sanoat hududida kamida uçta alohida bino yongan. Ular orasida Wildberries ombori, nomi oçiqlanmagan omborxona hamda “Petroviç” kompaniyasining taqsimlaş markazi bor.
Wildberries matbuot xizmati keyinçalik Şuşari va Utkina Zavoddagi logistika markazlari işi vaqtinça töxtatilganini rasman tasdiqlagan.
Şu bilan birga, OSINT tahliliga köra, Kirov şahridagi ““Avitek” Vyatka maşinasozlik korxonasi” aktsiyadorlik jamiyati ham hujumga uçragan. Qayd etilişiça, korxona Rossiya rasmiy manbalariga binoan ikki maqsadli harbiy fuqarolik mahsulotlari, jumladan havo hujumidan mudofaa vositalari, aviatsiya butlovçi qismlari, uçuvçilarni qutqariş uçun katapulta kreslolari, aviatsiya yuk kötariş tizimlari va boşqa aviatsiya uskunalarini işlab çiqaradi.
Rossiya Maşinasozlar uyuşmasi malumotiga köra, korxona quyiş va temirçilik-press işlab çiqarişidan tortib, mahsulotlarni yakuniy yiğiş va sinovdan ötkazişgaça bölgan töliq işlab çiqariş tsikliga ega. Ukraina Mudofaa vazirligi Boş razvedka boşqarmasining War & Sanctions loyihasi malumotlariga köra, zavod asosan “er–havo” toifasidagi boşqariladigan zenit raketalari, nişon-raketalar, katapulta kreslolari va aviatsiya yuk kötariş tizimlarini işlab çiqarişga ixtisoslaşgan hamda “Tor” zenit-raketa majmualarini işlab çiqariş kooperatsiyasida iştirok etadi.
Malumot uçun, “Avitek” AQŞ, Ukraina va boşqa bir qator davlatlarning sanktsiyalari ostida hisoblanadi.
Eslatib ötamiz, Ukraina Wildberries’ning kamida törtta omboriga hujum qilgandi. 19 iyul kuni Moskva va Tambov viloyatlari logistika markazlari, 22 iyul kuni esa Krasnodar va Stavropoldagi omborlar zarbaga uçragandi.
Keça, 23 iyul kuni ertalab Voronej viloyatidagi Wildberries omboriga hujum qilingan, biroq keyinroq bu xabarlar öz tasdiğini topmagandi. Hujumlar qurbonlari umumiy hisobda töqqiz kişini taşkil etgan, bir neça önlab kişilar jarohatlangandi.