USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Ukraina yana Wildberries omborlarini bombaladi. Qurbon bor

54 марта
Украина яна Wildberries омборларини бомбалади. Қурбон бор

Ukraina dronlari Rossiyaning eng yirik onlayn-riteyleri Wildberries'ning yana ikki omboriga hujum uyuştirdi. Bu haqda bugun, 22 iyul kuni kompaniya rahbari va hammuassisi Tatyana Kim Telegram-kanalida malum qildi. 

Kimning yozişiça, hujumlar Krasnodar va Nevinnomissk şaharlaridagi omborlarga amalga oşirilgan. Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videolarda Krasnodar osmoniga kötarilgan ulkan tutun ustunini köriş mumkin. 

“Bu keça Krasnodar va Nevinnomisskdagi logistika markazlarimiz hujumga uçradi. Hozir tegişli xizmatlar bilan birgalikda oqibatlarni bartaraf etiş ustida iş olib bormoqdamiz”, deydi kompaniya rahbari.

Mahalliy hokimiyat esa yana bir janubiy şahar – Armavirda dron qoldiqlari korxonalardan biriga tuşişi oqibatida bir işçi halok bölganini bildirgan.

Krasnodar ölkasi gubernatori Veniamin Kondratevning aytişiça, ombor majmuasiga qilingan hujumda 10 kişi jarohatlangan. Şuningdek, dron qoldiqlari Krasnodardagi ikki köp qavatli uyga zarar yetkazgan, ammo bu yerda heç kim jabrlanmagan.

“Bizning ustuvor vazifamiz – insonlar. Tezkor evakuatsiyani amalga oşirgan jamoamizga, qahramonlarimizga minnatdorlik bildiraman. Dastlabki malumotlarga köra, afsuski, jabrlanganlar bor. Ularga tezroq soğayib ketişlarini tilayman, biz albatta barça zarur yordamni körsatamiz”, deb yozgan Kim.

Hokimiyat yonğinni öçiriş uçun omborga vertolyot jalb qilinişi, yonğinga qarşi kuraş işlarida jami 105 nafar xodim iştirok etayotganini malum qilgan.

“Oddiy odamlarga, xodimlarimizga, öz işini bajarayotgan barçaga qilingan bu hujumlar uyğotgan his-tuyğularni söz bilan ifodalaş mumkin emas”, degan Tatyana Kim Telegram'dagi sahifasida.

Ukraina sönggi hujumlar yuzasidan hozirça izoh bermagan.

Malumot uçun, Wildberries dastlab Yevropa kataloglaridagi kiyim-keçaklarni qayta sotuvçi internet-dökon sifatida faoliyat boşlagan. Keyinçalik u mahsulot turlarini kengaytirib, uçinçi tomon sotuvçilarini ham qamrab olgan marketpleysga aylangan. Kompaniya yetkazilgan zarar kölamiga izoh bermagan.

Rossiya Internet savdo kompaniyalari uyuşmasi malumotlariga köra, 2025 yilda mamlakatda onlayn savdo hajmi 28 foizga oşib, 11,5 trillion rublga (147 milliard dollar) yetgan. Boş vazir örinbosari Aleksandr Novak raqamli platformalar orqali tovar va xizmatlar savdosi mamlakat yalpi içki mahsulotining taxminan 8,5 foizini taşkil qilişini bildirgan.

Eslatib ötamiz, joriy yil 18 iyul kuni Ukraina dronlarining avvalgi hujumida Wildberries'ning sakkiz nafar xodimi halok bölgan, yonğinlar kelib çiqqan va kompaniya faoliyati izdan çiqqan edi.

 

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: