Rossiyaning neft zavodlari yana Ukraina dronlari nişoniga aylandi
Bugun, 14 iyulga ötar keçasi Ukraina harbiylari Rossiyaning Boşqirdiston Respublikasi va Krasnodar ölkasidagi neftni qayta işlaş zavodlariga dronlar bilan hujum qildi. Bu haqda “Meduza” xabar berdi.
Qayd etilişiça, Boşqirdistonning Salavat şahrida Rossiyaning eng yirik neftni qayta işlaş va neft-kimyo majmualaridan biri – “Gazprom neftexim Salavat” hujum ostida qolgan.
Şuningdek, dastlabki malumotlarga köra, Salavat şahridagi “Rosneft-Opt” neft bazasida ham yonğin çiqqan.
Boşqirdiston rahbari Radiy Xabirov respublikaga dronlar hujumi uyuştirilganini tasdiqlagan.
“Bir neçta tutun öçoqlari mavjud va hodisa oqibatida odamlar jabrlanmagan”, deb yozgan u Telegram-kanalida.
Krasnodar ölkasida esa dronlar hujumi oqibatida Afipskiy neftni qayta işlaş zavodi hududida yonğin çiqqan. Dastlab mahalliy aholi rezervuarlar yaqinida olov köringani haqida xabar bergan, keyinçalik Kuban operativ ştabi korxonada dron hujumi oqibatida yonğin sodir bölganini tasdiqlagan.
Mintaqaviy tezkor ştab malumotlariga köra, Afipskiy posyolkasi, Smolenskaya stanitsasi va Kovalenko xutoridagi 16 ta manzilga dron bölaklari qulagan. Oqibatda bir neçta turar joy binolarining tomlari va fasadlari şikastlangan, bir kişi jarohat olgan.
Eslatib ötamiz, Ukrainaning keça, 13 iyulga ötar keçasi amalga oşirgan dron hujumlari oqibatida Rossiyaning bir neça hududida kamida 4 kişi halok bölib, yana 5 kişi jarohatlangan edi. Şuningdek, Ukraina Rossiyaning “soya floti”ga tegişli 15 ta kemaga ham zarba bergan.