Ukraina Rossiyadagi yirik neft zavodiga hujum qildi
20-05-2026, 23:55
231 марта

Ukraina Rossiyadagi yirik neft zavodiga hujum qildi
Bugun, 20 mayga ötar keçasi Ukraina dronlari Rossiyaning Nijniy Novgorod viloyatidagi Kstovo şahriga hujum uyuştirdi. Bu haqda “Meduza” xabar berdi.Qayd etilişiça, hujum “Lukoyl-Nijegorodnefteorgsintez” neftni qayta işlaş zavodiga qaratilgan bölib, hujum oqibatida hududda yonğin yuzaga kelgan. Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videolarda dronlar turarjoy binolari yaqinidan uçib ötayotgani aks etgan.
Hujum sabab Nijniy Novgorod viloyatining Kstovo tumanidagi maktab öquvçilari xavfsizlik nuqtayi nazaridan masofaviy talimga ötkazilgan. Bu haqda şahar meri Yuriy Şalabayev malum qilgan.
“Lukoyl-Nijegorodnefteorgsintez” Rossiyadagi eng yirik neftni qayta işlaş zavodlaridan biri hisoblanadi. Korxona Moskvani yonilği bilan taminlaydi. Hozirça hujum oqibatlari va ehtimoliy talafotlar böyiça rasmiy malumot berilmagan.