USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Ukraina Moskvaga 400 ta dron bilan hujum qildi

201 марта
Украина Москвага 400 та дрон билан ҳужум қилди

Keça, 19 iyuldan 20 iyulga ötar keçasi Ukrainaning Moskva va uning atrofidagi hududlarga 400 ta dron bilan hujum qilşi oqibatda ikki kişi yaralandi va bir qator binolarda yonğinlar çiqdi. Bu haqda Rossiya rasmiylari malum qildi. 

Moskva viloyati gubernatori Andrey Vorobyovning Telegram orqali malum qilişiça, havo hujumidan mudofaa tizimlari va radioelektron kuraş vositalari tundagi dron hujumini qaytargan. Hujumning asosiy oqibatlari Podolsk, Domodedovo va Odintsovo tumanlarida qayd etilgan. Uning sözlariga köra, ikki kişi yaralangan, bir neçta fuqarolik infratuzilmasi obektlarida yonğin çiqqan va ularga zarar yetgan.

Moskva şahar meri Sergey Sobyaninning bildirişiça, keça tunda, mahalliy vaqt bilan soat 20:30 dan 05:00 gaça Moskva viloyatiga 400 dan ortiq “duşman droni” uçirilgan. Uning takidlaşiça, dronlarning aksariyati havo hujumidan mudofaa tizimlari tomonidan uzoq masofada yöq qilingan. Ulardan 85 tasi Moskvaga yaqinlaşayotgan vaqtda urib tuşirilgan.

Rossiya Mudofaa vazirligi esa tun davomida Rossiya hududlari, Qora dengiz va Azov dengizi ustida Ukrainaga tegişli 381 ta dron havo hujumidan mudofaa tizimlari tomonidan urib tuşirilganini bildirdi.

Rossiyaning eng yirik onlayn-riteyleri Wildberries kompaniyasi esa Podolsk tumanidagi logistika markazi ehtiyot çorasi sifatida evakuatsiya qilinganini, keyinroq esa iş faoliyati odatiy tartibda qayta tiklanganini malum qilgan.

Eslatib ötamiz, 18 iyul kuni Ukraina dronlarining tölqinsimon hujumlari natijasida Wildberries omborining yetti nafar xodimi halok bölgan, önlab odamlar yaralangan edi. Yana bir hujum Moskva viloyatidagi neft omborida yonğinga sabab bölgan.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: