Ukraina dronlari Sankt Peterburg va Leningradga hujum qildi
6-06-2026, 13:36
221 марта

Ukraina dronlari Sankt Peterburg va Leningradga hujum qildi
Sankt Peterburg gubernatori Aleksandr Beglov ertalab aholini uyda qolişga va zarurat bölmasa köçaga çiqmaslikka çaqirdi. Mahalliy OAV malumotlariga köra, bu gubernator tomonidan dron hujumi munosabati bilan berilgan ilk şunday ogohlantiriş bölgan.
Hujum fonida şaharda mobil internet işlaşida uzilişlar kuzatilgan. Ayrim hududlarda aloqa va internet xizmatlari vaqtinça çeklangan.
Leningrad viloyati gubernatori Aleksandr Drozdenkoning bildirişiça, hudud osmonida 141 ta dron urib tuşirilgan. Dron qoldiqlari Luga, Volosovo va Lomonosov tumanlariga qulagan.
Şuningdek, Bolşaya Ijora posyolkasi yaqinida yonğin yuz bergani malum qilingan. Biroq rasmiylar yonğinning kölami va yetkazilgan zarar haqida batafsil malumot bermagan. Halok bölganlar yoki jabrlanganlar haqida rasmiy axborot yöq.