Peterburg iqtisodiy forumning ilk kunida dronlar hujumiga uçradi
3-06-2026, 15:18
205 марта

Peterburg iqtisodiy forumning ilk kunida dronlar hujumiga uçradi
Bugun, 3 iyun kuni ertalab Ukraina dronlari Rossiyaning Sankt-Peterburg şahri Kronştadt, şuningdek, Kirov va Krasnoselsk tumanlaridagi infratuzilma obektlariga hujum qildi. Oqibatda bir neça kişi jarohatlandi, obektlarning bir qismi şikastlandi. Bu haqda şahar gubernatori Aleksandr Beglov malum qildi.“Astra” Telegram-kanalining malumotlariga köra, hujum oqibatida Rossiyaning Boltiqböyi mintaqasidagi suyuq yuklarni qayta yuklaş böyiça eng yirik terminallaridan biri – Peterburg neft terminalida yonğin çiqqan. U yiliga 12,5 million tonna mahsulot ötkaziş quvvatiga ega bölib, öz içiga neft mahsulotlarini saqlaş uçun möljallangan 21 ta rezervuarni oladi. Uşbu korxona Rossiya xavfsizligini taminlaşda strategik ahamiyatga ega.


3 iyunga ötar keçasi Leningrad viloyatida havo havfi elon qilingan. Viloyat gubernatori Aleksandr Drozdenko 59 ta dron urib tuşirilganini malum qilgan. Lujskiy tumanida dron parçalari törtta xususiy uyga şikast yetkazgan, jabrlanganlar yöq.


“Pulkovo” aeroportida samolyotlarni qabul qiliş va jönatişga çeklovlar joriy etilgan, “Rosaviatsiya” şuningdek, Leningrad viloyatining bir qator tumanlari havo hududini çeklab qöygan. Peterburg aholisi ertalabdan beri mobil internet va aloqada uzilişlarni qayd etmoqda. “Downdetector” malumotlariga köra, foydalanuvçilar saytlar oçilmayotgani va messenjerlar işlamayotgani haqida xabar bergan.

Uşbu hujum şaharda 3–6 iyun kunlari bölib ötadigan Peterburg xalqaro iqtisodiy forumining birinçi kunida yuz berdi. Rossiya Prezidenti Vladimir Putin forumda 5 iyun kuni nutq sözlaşni rejalaştirmoqda.

